8-§. Payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari 208. Payvandlash ishlari bajarilayotganda quyidagi hujjatlarga amal qilinishi kerak:
a) elektr payvandlash ishlari paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi
qoidalari;
b) metallarga atsitelen va gaz o‘tli ishlov berish paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari;
v) payvandlash va boshqa o‘t bilan bog‘liq ishlar obyektlarda bajarilgan paytda yong‘in
xavfsizligi qoidalari talablariga.
209. Payvandlash va eritish ishlarida ishlayotgan xodimlar payvandlash davomida ajralib
chiqqan gazlar va zararli toksik moddalardan himoyalanishini ta’minlovchi vositalardan foydalanishi
zarur.
210. Payvandlash simlari tok manbasidan payvandlovchini ish joyigacha mexanik
zararlanishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
211. Payvandlovchi bilan birga ishlayotgan shaxslar himoya vositalari (himoya ko‘zoynaklari,
qo‘lqoplar) ga ega bo‘lishi kerak.
212. Payvandlash xonasida yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
213. Kuchlanish manbasidan elektr ushlagichga tok uzatayotgan payvandlash kabeli va
qaytuvchi qarama-qarshi sim puxta izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
214. Qaytuvchi qarama-qarshi sim o‘rniga relsni ishlatish taqiqlanadi.
215. Payvandlash ishlarini yangi bo‘yalgan metall konstruksiyalarida hamda vagonlar neft
mahsulotlari bilan ifloslangan yo‘llarda bajarish taqiqlanadi.
216. Gazlarni chiqishi gaz chiqayotgan joyga sovun ko‘piklari surkalib aniqlanadi. Gaz chiqishi
aniqlanganda payvandlash ishlari to‘xtatiladi va gaz chiqishi bartaraf etiladi hamda xona
shamollatiladi.
217. Shlanglar mexanik zararlanish va o‘tdan ishonchli himoyalanishi kerak. Izolatsiya lentasi
yoki boshqa materiallar bilan o‘ralgan nosoz shlanglarni ishlatish taqiqlanadi. Shlangni ta’mirlash
kerak bo‘lganda, uni nosoz joyi qirqilib, po‘lat quvur orqali ulanadi. Ta’mirlangan joyi 3 tadan ko‘p
bo‘lmasligi kerak.
218. Gaz payvandlash uskunalari va asboblarini moylash yoki yog‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
219. Kislorod va atsetilen bilan to‘ldirilgan ballonlarni tashlab yuborish, ularga zarba berish
hamda ballonlarni yelkada tashish taqiqlanadi.
220. Kislorod va gaz ballonlarini issiqlik manbalari yonida joylashtirish, quyosh nurlari ta’sirida
bo‘lishi, tok yurish qismlariga tegib ketishi va himoyalovchi moslamasiz shtutser, qalpoqlarsiz
tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
221. Ballonlarni buzish va ta’mirlash payvandchi tomonidan bajarilishi mumkin emas.