Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Kichik mexanizatsiya vositalari



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

4-§. Kichik mexanizatsiya vositalari
158. Yukni ko‘tarish paytida domkrat vertikal holatda o‘rnatiladi va bunda oldindan tormoz
moslamalari sozligi va mustahkamligi tekshiriladi. Metall predmetlar ko‘tarilganda domkrat yostig‘i
va jismni tegish nuqtasiga tekis yog‘och taglik qo‘yilishi lozim.
159. Reykani tayanchli joyi va reykali domkratni pastki qismi yuklar sirpanib ketmasligi uchun
o‘tkir o‘yiqli joylariga, domkratni tayanch maydoni o‘tkir shiplarga ega bo‘lishi kerak.
160. Domkratlar shtoki sekin va osoyishta tushirilishi kerak. Suyuqlikni (havo) olib keluvchi yoki
olib ketuvchi truba zararlanganda, uni harakatini to‘xtalishini ta’minlovchi moslamalari (qaytish
klapani va diagrammasi) mavjud bo‘lishi lozim.
161. Domkratlarni sinash yilda bir marta o‘tkaziladi. Sinovdan o‘tkazish bo‘yicha natijalar
pasportga yoziladi hamda domkratga yuk og‘irligi va sinov muddati ko‘rsatilgan trafaret va kleyma
urilishi lozim.
5-§. Balandlikda ishlash moslamalarini tuzilishi va ulardan foydalanish
162. Balandlikda mustaqil ishlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, o‘quv dasturi bo‘yicha
o‘qitilgan, bilimlari sinovdan o‘tkazilgan shaxslar qo‘yilishi lozim.
163. Yuqorida ishlovchilar himoya kaskalari va kamarlaridan foydalanib ishlashi kerak.
164. Ish boshlanishidan oldin himoya kamari, kaskalar va boshqa asboblar ish rahbari
tomonidan tekshirilishi lozim.
165. Sinovdan o‘tkazilmagan va belgisi bo‘lmagan kamardan foydalanish taqiqlanadi.


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
13/16
166. Asboblar olib yurish va saqlash uchun tepada ishlovchilar maxsus sumkalarga ega bo‘lishi
kerak.
167. Vishka staninasida uni yuk ko‘tarish og‘irligi va har yilda o‘tkaziladigan sinov muddati
ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi kerak.
168. Teleskopik vishkada ish bajarishdan oldin ish joyi to‘sib qo‘yiladi. Teleskopik vishkada 2
kishi ishlashi lozim.
169. Teleskopik vishka savatida himoya kamarisiz ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Odamlar vishka
ichiga joylashganda uni gorizontal harakatlanishi mumkin emas. Ish bajariladigan joyga begona
shaxslar qo‘yilmaydi.
170. Balandlikda ishlash uchun inventar maydonchalar (havoza, ko‘tarma kajavalar)
qo‘llaniladi.
171. Taglikni tekislash uchun g‘ishtlar, toshlar, klinlar ishlatilmaydi. Havoza butun balandligi
bo‘yicha qurilayotgan bino va inshootlarga unga o‘rnatilgan changaklar orqali mahkamlanishi
lozim.
Havozalar binoning boshqa chiqib turgan qismlariga mahkamlanishi taqiqlanadi. Metall
trubali havozalar devorlariga uning ichiga yoki oraliqlariga qo‘yilgan anker boltlari bilan
mahkamlangan bo‘lishi shart.
172. Havozalar tagliklari har kuni axlat va ifloslanishlardan tozalanishi kerak.
173. Osib qo‘yiladigan kajavalar statik sinovdan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga yo‘l
qo‘yiladi va bu sinov hisoblangan og‘irlik ko‘tarish imkoniyatdan 25 foiz ko‘p yuk bilan amalga
oshirilishi lozim.
174. Osib qo‘yiluvchi kajavalar zich taxlangan taglik va 1 m dan iborat to‘siqqa ega bo‘lishi
kerak. Kajava ko‘tarilayotgan paytda, ularni ushlab turgan po‘lat arqonlar binoni chiqib turgan
qismlariga tegmasligi lozim.
175. Havozalarni buzish qurilish ustasi rahbarligida bajariladi. Buzilayotgan joyga o‘tishga
ruxsat etilmaydi.
176. Ko‘chma narvonlar sinalgan va tegishli belgiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘chma narvonlar har
olti oyda 120 kg yuk bilan sinaladi va bu yuk narvon gorizontal tekislikka nisbatan 75° burchak ostida
o‘rnatilgan holda, uning o‘rtacha qismidagi pog‘onalaridan biriga ilinishi lozim.
177. Ko‘chma yog‘och narvonlar uzunligi 5 m dan oshmasligi lozim.
178. Narvon pog‘onalari qo‘yilgan joyda o‘rnatilib, har 2 m dan kam bo‘lmagan masofada
metall boltlar bilan mahkamlanishi kerak.
179. Ishchi narvonning yuqori pog‘onasida turib ish bajarganda narvonning tepa qismidan
kamida 1 m past masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
180. Narvonni pastki qismi o‘tkir metall (nam tuproqda) shiplari bilan yoki rezina (qattiq yerda)
bilan qoplanishi lozim.
181. Yopiq metall narvonlari 5 m dan baland bo‘lsa, ularni chiqish pog‘onalari 3 m balandlikdan
boshlab vertikal bog‘langan yoy shaklidagi metall bilan qoplanadi. Narvonlar qiyaligi 1:3 nisbatidan
oshmasligi kerak. Ikki tomonlama tayanchdagi narvon, ularni o‘z-o‘zidan siljib ketmasligini
ta’minlaydigan qurilmaga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin