14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
8/16
87. Harakatdagi tarkibni yurishi davomida temir yo‘l transporti sexi dispetcheri ruxsati bilan
stryelka o‘tkazgichi doimiy navbatchisi yoki mashinist yordamchisi tomonidan stryelka aylantirilib
turilishini tashkil etish lozim.
88. Ta’mirlash hajmini aniqlash bo‘yicha ishlar maxsus yo‘llarda bajarilib, ular yo‘lni har ikki
tomonidan qattiq materiallar bilan yopilishi kerak.
89. Elektr harakat tarkibi belgilangan joyga qo‘yilmaguncha yoki kontakt simidan kuchlanish
o‘chirilmaguncha unda ish olib borish va kuzatuv ishlarini bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
90. Harakatdagi tarkib chegaralash tayanchlari o‘rtasida belgilangan joyda joylashtirilib,
boshmoqlar bilan mahkamlanishi, shuningdek tok qabul qiluvchi moslama tushirilib, yonilg‘i, suv
va moy maxsus sig‘imlarga quyilishi va akkumulyator batareyalaridan chiqqan simlar o‘chirilishi
lozim.
91. Elektr harakat tarkibi elektrofikatsiyalashgan yo‘llarda belgilangan joyga qo‘yilgandan
so‘ng simdan kuchlanish o‘chirilishi va kontakt simi yerga ulanib, machtali ajratgich qulfga
berkitilishi kerak.
92. Harakatdagi tarkib ta’mirlanishdan oldin axlat, yuk qoldiqlari, qor va muzlardan tozalanishi
lozim.
93. Yo‘lovchi tashish vagonlarining motor-vagon harakatdagi tarkibi yuvilgan va
dezinfeksiyalangan holda bo‘lishi, sisternalar esa ularni ta’mirlashga tayyorlash qoidalariga muvofiq
yuk qoldiqlaridan tozalangan va moysizlantirilgan bo‘lishi lozim.
94. Harakatdagi tarkibni tozalash, yuvish va quritish ishlari maxsus kiyim-bosh va himoya
ko‘zoynaklarida sexdan tashqarida yoki so‘rish-shamollatgichi bo‘lgan maxsus kameralarida
bajarilishi kerak.
95. Seksiyalar elektr ulanmalarini uzish ishlari simlar zararsizlantirilganda va tok qabul qiluvchi
moslamalar tushirilib, mahkamlangandan so‘ng, ishlamay turgan holatda bajarilishi lozim.
96. Harakatdagi tarkib sexlarga olib kirilayotganda odamlarni yo‘llarda, darvozalar orasida,
harakatlanayotgan temir yo‘l transporti vositalari ustida hamda chiqish moslamalarida turishi
taqiqlanadi. Lokomotiv yoki vagon sexga olib kirilayotganda, mazkur yo‘lda harakatdagi tarkib
turgan bo‘lsa, ishlayotgan odamlar manevr ishlari tugagunga qadar undan tushishlari kerak.
97. Lokomotivlar va vagonlar ko‘tarib ta’mirlanayotganda ular orasidagi masofa 2 m dan kam
bo‘lmasligi lozim. Ta’mirlashga qo‘yilgan lokomotivlardan sex darvozasidan chiqadigan joygacha
bo‘lgan masofa 4,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
98. Elektr harakatdagi tarkib yo‘lga qo‘yilganda, unga ikki tomonidan bemalol tushadigan va
yonidan o‘tadigan bo‘sh joylar qoldirilishi lozim.
99. Manyovr ishlari harakat tarkibini saqlaydigan va ishlovchilar xavfsizligini ta’minlaydigan
amaldagi texnologik jarayonlarga muvofiq bajarilishi lozim. Tashkilot rahbariyati tomonidan
manyovr ishlari xavfsiz bajarilishi bo‘yicha texnologik jarayon ishlab chiqilishi shart.
100. Manyovr ishlari paytdagi tezlik: zavod tashkilot yo‘llarida soatiga 5 — 15 km, kesishmalarda
va sex yaqinida soatiga 3 km, sex ichida soatiga 2 km ni tashkil etishi lozim.
101. Harakatdagi tarkib qo‘yiladigan joy tozalanadi va uni keskin tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: