Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

12-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
78. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy
yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
79. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya
yoritishlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
80. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash lozim.
81. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va
boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
82. Sun’iy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan
birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
83. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi
yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak.
84. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar
ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar
(bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun
ko‘chma elektr yoritgichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha ko‘chma yoritqichlar
himoyalanish darajasi 1R54 dan kam bo‘lmagan va metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpoq
bilan uskunalangan bo‘lishi kerak.
13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
85. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan
tasdiqlangan Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish
vaqtining 
cheklangan muddatining
 talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat
qoidalari asosida belgilanadi.

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin