To'sinlarda uchraydigan shikastlanish va deformatsiyalarni aniqlash Reja



Yüklə 72,35 Kb.
səhifə1/4
tarix28.12.2022
ölçüsü72,35 Kb.
#78084
  1   2   3   4
To\'sinlarda uchraydigan shikastlanish va deformatsiyalarni aniqlash


To'sinlarda uchraydigan shikastlanish va deformatsiyalarni aniqlash
Reja:

1. To‘sin va to‘sinli konstruksiyalar haqida umumiy ma’lumotlar.


2. Yig‘ma to‘sin kesimini hisoblash va tanlash.
3. Devorlari teshikli bo‘lgan to‘sinlar
4. Devor konstruksiyalarini namlanishidan himoyalash va xonalarda namlanishni bartaraf etish usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar


1. To‘sin va to‘sinli konstruksiyalar haqida umumiy ma’lumotlar.

Injenerlik konstruksiyasida po’lat to’sinlar keng qo’llaniladi, ular asosan deformatsiyaning egilish turiga ishlaydi.


Agar to’sinlar devor yoki ustunlarga o’rnatilgan bo’lsa, ularni bosh to’sinlar deb yuritiladi. Bosh to’singa o’rnatilgan to’sinlarni esa ikkinchi darajali to’sinlar deb yuritiladi.
Po’lat to’sinlar asosan standart shaklidagi qo’shtavrli prokatlardan yasaladi. Agar standart shaklidagi qo’shtavrli prokatlarning quvvati yetarli bo’lmasa, yig’ma ikkitavir ko’rinishidagi to’sinlardan foydalaniladi. Bunda δ qalinlikdagi bitta vertikal (odatda uni devor deb ataladi) va δ1 qalinlikdagi ikkita gorizontal (polka) po’lat taxtalarni bir biriga payvandlab hosil qilinadi (1,a-rasm).



  1. b) c)



1-rasm. Yig‘ma to‘sinlarning turlari
Agar konstruksiyaga yuqori dinamik yoki titratma (tebranma) kuchlar ta‟sir qilsa, devorning paski va yuqori qismiga metall burchaklar payvandlanib, burchak polka bilan o’ta chidamli boltli birikmalar yordamida birlashtiriladi (1,b-rasm).
Ko’ndalang yo’nalishda to’sin qattiqligini oshirish maqsadida ikki devorli yig’ma to’sinlardan foydalaniladi (1,c-rasm).
To’sinlar sistemasiga to’sin kataklari deb ataladi, ularning soddalashgan, me'yoriy (normal) hamda murakkab turlari mavjud (2-rasm).
Soddalashgan to’sin kataklariga (2,a-rasm) yuklama, to’shama va uning a masofada (to’sin qadami) joylashgan parallel to’sinlar 1 ga, ular orqali devorlarga beriladi.
Me’yoriy to’sin kataklariga (2,b-rasm) yuklama, to’shama va uning a
masofada joylashgan parallel to’sinlar 1 ga, ular orqali bosh to’sinlar 3 ga beriladi.
Murakkab to’sin kataklariga (2,c-rasm) qo’shimcha ravishda yordamchi to’sin
2 lar kiritiladi. Yuklama to’shama, uning asosiy va yordamchi to’sinlari orqali ustunga beriladi.
1 2 3

  1. b) c)







Yüklə 72,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin