14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
10/16
128. Har bir ishlovchi uchun qulay sharoit yaratilib, ish bajarayotgan paytda ularning erkin
harakati ta’minlanishi kerak.
129. Ish joyi yordamchi uskunalarni joylashtirish uchun yetarli darajada maydon, shuningdek,
asboblar, jihozlar, ishlov beriladigan va ishlov berilgan buyumlar (stellajlar, stollar, yashiklar va
boshqalar)ni saqlash uchun tegishli inventarlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
130. Ish joyida ishchini oyog‘i tagida soz yog‘och panjarali taglik bo‘lishi va plankalari orasidagi
masofa 25 — 30 mm ni tashkil etishi kerak.
131. Agarda ish joylari ishchi yonida ishlayotganlar yoki atrofidan o‘tayotganlar uchun xavfli
bo‘lsa, to‘siq o‘rnatilishi lozim.
132. Ish o‘rni yetarli darajada yoritilishi va tozalikda saqlanishi kerak. Ish o‘rinlari, yurish va
harakatlanish yo‘llari, ish kuni davomida va ish joylarida tayyor mahsulot va qoldiqlar yig‘ilganda
tozalanib turilishi kerak.
133. Ish joyida yonish xavfi bor va yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
134. Asboblar va moslamalarni ish joylarida saqlash uchun alohida shkaflar o‘rnatilishi lozim.
135. Buyumlarni shtabel shaklida taxlash uchun uning balandligi buyumni muvozanat sharoiti
va ulardan detallarni olishda qulaylik bo‘lishiga qarab belgilanadi. Bunda shtabel balandligi 1 m dan
oshmagan, ular orasidagi masofa 0,8 m dan kam bo‘lmasligi shart.
136. Shtabellar yiqilib ketmasligi va ulardan materiallar sirpanib, tushib ketmasligini oldini
olish maqsadida maxsus moslamalar, tayanchlar, tirkagich, qatorlar orasiga taglik qo‘yilishi lozim.
137. Ish paytida qozonxonaga tushish qopqog‘i, sisternalar va quduqlar lyuklari ochiq bo‘lib,
zarur bo‘lganda to‘sib qo‘yilishi kerak.
138. Agar tabiiy yoritilishi yetarli bo‘lmasa, 12 V li ko‘chma va portlashdan himoyalangan
chiroqlardan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: