14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini
tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
14/16
186. Detallarni vannaga yuklash, chiqarish hamda og‘ir detallarni yuvish mashinalariga
yuklash va chiqarish maxsus moslamalar bilan bajarilishi lozim.
7-§. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash va ta’mirlashda xavfsizlik talablari
187. Akkumulyator xonalari mustaqil tortish-so‘rish shamollatgichi bilan jihozlanishi va uning
elektr dvigateli yopiq holda bo‘lishi lozim.
188.
Akkumulyator xonalari, uning eshiklari va tamburlari doimo soz bo‘lishi hamda zich
yopilishi lozim.
189. Akkumulyator xonalari devorlari va tamburlari kislotaga qarshi bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, pol
sementda metlax plitkasi yoki kislotani o‘ziga tortmaydigan va kislota ta’siriga uchramaydigan
boshqa material bilan qoplanishi lozim.
190. Akkumulyator xonalarida elektr apparaturasi faqat yopiq ko‘rinishda (portlashga
xavfsiz
ijroda) o‘rnatilishi kerak.
191. Akkumulyator xonalarida ishchi va avariya elektr yoritgichi o‘rnatilib, ular germetik
armaturada bo‘lishi va simlar bir tomirli elektr simlaridan tayyorlanishi lozim.
192. O‘chirgichlar, shtepsel rozetkalari va himoyalash vositalari akkumulyator xonalaridan
tashqarida o‘rnatilishi lozim.
193. Zaryadlash agregati alohida xonada o‘rnatilishi kerak.
Zaryadlash agregatini aylanish qismlari himoyalash to‘rlari yoki shitoklar bilan to‘sib qo‘yiladi.
194. Akkumulyator xonalarini
isitish uchun ochiq pechlar, elektr pechlari va elektr plitkalari
ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
195. Akkumulyator batareyalari joylashgan stellajlar isitish priborlaridan kamida 1,5 m va bir-
biridan 1 m masofada o‘rnatilishi kerak.
196. Kislotani saqlash va elektrolit tayyorlash
uchun maxsus xona ajratilib, ushbu xona 5
baravar kuchlikdagi havo almashishini ta’minlaydigan mexanik shamollatgich bilan jihozlanishi
lozim.
197. Oltingugurt kislotasi maxsus tayyorlangan panjarali yog‘och yashiklarda 2 kishi
tomonidan ko‘tarib tashilishi lozim.
198. Polga to‘kilgan kislota o‘tkir hidli kaliy yoki kuchli soda aralashmasi bilan
neytrolizatsiyalanadi va darhol poldan tozalanib olinishi kerak.
199. Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bitta xonada saqlash man etiladi.
200. Asbob va metall qismli detallarni batareyalarga qo‘yish mumkin emas.
201. Akkumulyator xonalarida ochiq o‘tdan
foydalanish, chekish va ularni bo‘yash uchun
nitrobuyoq va nitrolak ishlatish taqiqlanadi.
202. Akkumulyator batareyalari bevosita lokomotivda yoki vagonda plastinkalararo ulagichlar
ulanayotganda past kuchlanishli (12 — 36 V) chiroqlar ishlatilib, ularni simlari rezina shlanglar ichiga
joylashtiriladi va chiroqlar metall armatura bilan jihozlanishi lozim.
203. Oltingugurt kislotasi va elektrolit bilan akkumulyator batareyalari ta’mirlanayotganda
chilangar qo‘pol junli kiyimda, rezina etikda, rezinalashtirilgan fartuk, tizza himoyalagan va himoya
ko‘zoynagida bo‘lishi kerak.
204. Sex xonalari va ish joylarini tozalash har kuni bajarilib, unda qo‘rg‘oshin changlari va
elektrolitlar yuviladi.
Devorlar, shiplar, karnizlar, oynalar va havo yo‘llari har o‘n kundan kam
bo‘lmagan muddatda bir marta nam lattalar bilan tozalanishi zarur.
205. Akkumulyator batareyalari nosozligi bartaraf etish jarayonida
elementlarini qisqa
tutashuviga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
206. Akkumulyator batareyalari bilan ishlash jarayonida quyidagilar:
a) metall jismlar bilan akkumulyator ikkita elementiga bir vaqtda tegish;
b) izolatsiyasiz tok yurish qismlariga qo‘lga (ulanish joylari, kontaktlar, elektr simlari) dielektrik
qo‘lqoplarni kiymasdan tegish;
14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
15/16
v) akkumulyator batareyalarini ulanish joyida kuchlanish borligini qisqa tutashuv orqali
tekshirish taqiqlanadi.
207. Ishlovchilar shaxsiy ehtiyotkorlik choralari va mehnat gigiyenasiga rioya qilib, tez-tez qo‘li
va yuzini yuvishi, maxsus belgilangan joyda taomni saqlashi va iste’mol qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: