76. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning o‘ziga xosliklari



Yüklə 100,13 Kb.
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü100,13 Kb.
#191507
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
pedkonsepsiya


76.Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning o‘ziga xosliklari. Zamonaviy dunyoda bolalar qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat’i nazar, tez rivojlanayotgan jahonda qiyin hayot yo‘lidan o‘tishlari kerak. Dunyo juda tez o‘zgarayapti, yashash va mehnat sharoitlari o‘zgarmoqda, ilmiy va texnik ixtirolar natijasida yangi kasblar va texnologiyalar paydo bo‘layapti. Zamonaviy dunyoda odam doimiy ravishda o‘zgarishi, butun hayot davomida yangi
narsalarni o‘rganishi kerak. “Bo‘lajak kattalar”ni ushbu keskin o‘zgarishlarga tayyorlash, dunyoda hayot uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribasini boyitishga o‘rgatishni maktabgacha yoshdan boshlashimiz kerak. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv bolalarning real shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari amalga oshiriladigan, bolalar tomonidan shaxsiy tajriba va bilimlar samarali to‘planadigan ta’lim muhitini yaratishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tizimi qayta qurila boshladi – avtoritar tizimdan pedagogik jarayonni qurishning shaxsga yo‘naltirilgan modeliga o‘tilmoqda. Ma’lumki, shaxsiyatning asosiy poydevori hayotning dastlabki yetti yilida qo‘yiladi: bolaning maktabgacha yoshida shakllangan fazilatlari va fe’l-atvorlari keyinchalik o‘zgarmaydi.Qisman o‘zgarib, tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi, xolos.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – bu pedagogning e’tiborini bolaning ajralmas shaxsiga,
uning nafaqat intellektual qobiliyatlari va fuqarolik mas’uliyat hissini rivojlantirishga bo‘lgan
e’tiborini, balki hissiy, estetik, ijodiy moyilliklari va rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan ruhiy shaxsni rivojlantirishga qaratishdir. Ta’limning asosiy qadriyatining bunday e’tirof etilishi
shaxsning o‘ziga xos shakllanishidir. Biz har bir bolaga uning xususiyatlarini, hayotiy
qadriyatlarini, intilishlarini aniqlash asosida o‘zlarining rivojlanish yo‘llarini tanlash huquqini
berishimiz kerak.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim faollik markazida tarbiyalanuvchining o‘zi, ya’ni bolani
shaxs sifatida – uning xohish-istaklari, niyatlari, maqsadlari, noyob kichik hayot tajribasi ekanligi taxmin qilinadi. Shu munosabat bilan ta’lim jarayoni ta’lim “bilimlarni kattadan bolaga o‘tkazish” modelidan, “bola tashabbuslari ma’qullanadigan va bola ta’lim jarayonida faol ishtirok etadigan”modelga yo‘naltirilishi kerak.

Yüklə 100,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin