76. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning o‘ziga xosliklari


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi



Yüklə 100,13 Kb.
səhifə2/10
tarix24.12.2023
ölçüsü100,13 Kb.
#191507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
pedkonsepsiya

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi: bolani o‘ziga xos shakllantirish uchun zarur
bo‘lgan o‘zini-o‘zi anglash, rivojlantirish, moslashtirish, boshqarish, himoya qilish, tarbiyalash mexanizmlarini kiritishdan iborat.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli – bizning ta’lim tizimimizga tanish bo‘lgan bolaga
ta’lim va intizomiy yondashuvni yengishga, pedagoglarni bolalar bilan hamkorlik ko‘nikmalariga,shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalarga ega bo‘lishdir. Bola kattalar singari jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lganligi sababli uning huquqlarini tan olish, pedagogik pozitsiyani “yuqoridan” emas, balki yonma-yon va birga olishni anglatadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modelining ijobiy tomonlarini ko‘rish uchun biz uni an’anaviy ta’lim va intizomiy yondashuv bilan taqqoslaymiz
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asosiy tamoyillari
O‘zini namoyon qilish tamoyili. Har bir bolada o‘zining intellektual, kommunikativ, badiiy
va jismoniy qobiliyatlarini namoyon qilish ehtiyoji bor. Bolaning tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish istagini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash juda muhimdir.
Individuallik tamoyili. Bola shaxsiyatining individual shakllanishi uchun sharoit yaratish
ta’lim tashkilotining asosiy vazifasidir. Nafaqat bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish, balki uning kelgusi rivojlanishiga har tomonlama hissa qo‘shish kerak.
Sub’ektivlik tamoyili. Individuallik faqat sub’ektiv kuchlarga ega bo‘lgan va ulardan
faoliyat, aloqa va munosabatlarni qurish uchun mohirona foydalanadigan kishilarga xosdir. Bolaga guruh hayotidagi haqiqiy sub’ektiga aylanishiga, shaxsiy tajribasini shakllantirish va boyitishga hissa qo‘shish kerak.
Tanlash tamoyili. Tanlovsiz bolaning individual xususiyatlari va sub’ektivlikni
rivojlantirish, qobiliyatlarini namoyon qilish mumkin emas. Bola doimiy ravishda tanlashi, ta’lim jarayonini tashkil etishning maqsadi, mazmuni, shakllari va usullarini tanlashda sub’ektiv vakolatlarga ega sharoitda yashashi va tarbiyalanishi pedagogik jihatdan ma’quldir. Aynan buning uchun maktabgacha yoshdagi guruhlarda ochiq rivojlantiruvchi muhit (rivojlantirish markazlari) zarur.

Yüklə 100,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin