76. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning o‘ziga xosliklari


Tarbiya qonuniyatlari va metatamoyillari



Yüklə 100,13 Kb.
səhifə8/10
tarix24.12.2023
ölçüsü100,13 Kb.
#191507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
pedkonsepsiya

87.Tarbiya qonuniyatlari va metatamoyillari. 1.Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega:


  • maqsadga yo’naltirilganligi;


  • ko’p qirrali jarayon;


  • uzoq muddat davom etishi;


  • uzluksizligi;


  • yaxlitligi;


  • variativligi;


  • natijalarning oldindan aniqlanmasligi;


  • ikki tomonlamalilik;


2.Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar.


Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:


  • ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi;


  • tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi;


  • faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli azilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;


  • tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri, o’zaro munosabatlari amda faol faoliyati o’rtasidagi bog’lanish;


  • tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning intensivligi;


  • tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;


  • tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.


Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo’yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.


Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:


  • maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi;


  • tarbiyaning insonparvarlashuvi;


  • tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi;


  • tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;


  • jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish;


  • shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish;


  • o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;


  • tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;


  • tarbiya j arayonining tizimligigi va uzluksizligi.


Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tarbiya turlari turli sohalarga ko’ra tasnif etiladi. Ko’proq umumlashgan tasnif o’zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo’yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.


Herbert Spencer - ingliz olimi “Tarbiya - bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak” - deb yozadi, va "bolaning yashash sharoitlari uning shaxs sifatida ulg’ayishiga bog’liqligi, ta’sirini misollar orqali keltiradi. O’zining "Butun shaxsni rivojlantirish" kitobida tarbiyaning aqliy, axloqiy va jismoniy turlarini ko’rsatib o’tib, ulardan eng asosiysi axloqiy tarbiyadir deb ta’kidlaydi.1(The elements of teaching. Jems M. Banner. Gardners Books.)
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko’ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog’liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.

Yüklə 100,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin