76. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning o‘ziga xosliklari


Zamonaviy tarbiya paradigmalari



Yüklə 100,13 Kb.
səhifə5/10
tarix24.12.2023
ölçüsü100,13 Kb.
#191507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
pedkonsepsiya

81. Zamonaviy tarbiya paradigmalari. A.Kostinning tasnifiga muvofiq fundamental zamonaviy paradigmalarga quyidagilar kiradi.
- asosida faoliyatli yondashuv turadigan, markazida bilim turadigan, ob’ektiv-axboriy yondashuvli ta’lim mazmunini tashkil etishning fanga doir modeli;
- asosida faoliyatli yondashuv turadigan texnologik o‘qitish yoki o‘quvchilarning faoliyatiga bog‘liq holdagi tuzilishga muvofiq ta’lim mazmunini tashkil etishning texnologik yo‘naltirilgan modeli;
- asosida o‘z mavqeini belgilab olish usullari, ta’limning individual yo‘nalganligi turadigan, asosiysi semantik individual rivojlanish bilan ta’lim mazmunining qo‘shilish usullari bo‘lgan ta’lim mazmunini tashkil etishning shaxsga yo‘naltirilgan, ya’ni antroponimik (P.G Izedrovich bo‘yicha) modeli;
- asosida so‘nggi ijtimoiy madaniy mexanizmlarni translyasiya qilish va ta’limiy qadriyatlarni qaytadan tiklash turadigan uyushma, xalq, etnik guruhlarning turli-tuman ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosliklari asosida tashkil etiladigan ta’lim mazmunini tanlab olishning ijtimoiy modeli;
- ta’limning maqsadli yo‘nalganligi yaxlit tarzda shaxsning rivojlanishini va o‘z-o‘zini rivojlanishiga yordam berish hamda zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga asoslangan axborotlashtirishga almashtiriladi. SHu nuqtai nazardan dunyoning ehtimoliy modeli, uni o‘zlashtirish darajasini nafaqat uning bilishi, qanchalik darajada tushunishini, ya’ni mazmunini egallaganligini aniqlab beradi;
- ta’lim jarayonining ta’lim oluvchilarning ehtiyoj, qiziqish va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda tashkil etilishi, shaxsiy fikriy faoliyatni ta’minlash, mazkur ehtiyoj, qiziqish, imkoniyatlarni namoyon etish uchun zarur sharoitni yaratish asosida ta’lim oluvchiga nisbatan nuktai nazar o‘zgaradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqishni talab etadigan yangi paradigmalarning paydo bo‘lishi amaliyotchi pedagoglarda ular asosida o‘z faoliyatini qayta qurish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Biroq “shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim”, “shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish” tushunchalari mazmuni kundalik, shuningdek ilmiy darajada ham bir xil ma’noni ifoda etmaydi. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning mavjud konsepsiyasi uning an’anaviy, fanga yo‘naltirilgan o‘qitishdan o‘ziga xosligi va farqi, eng avvalo shundaki, o‘zlashtirilgan bilim va faoliyat usullari faqat birgina maqsadni aks ettirmay, balki insonning “shaxs bo‘lish” ehtiyojini amalga oshirish (A.V.Petrovskiy), “uning sub’ektivligini shakllantirish”, shaxsning sub’ektiv tajribasini boyitish (I.S.Yakimanskaya), “shaxsiy vazifalar”ni amalga oshirish (V.V.Serikov), madaniyat kishisi sifatidagi individning shakllanishi (E.V.Bondarevskaya) sharti, vositasidir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va o‘qitish jarayonlarini aynanlashtirishga intilish shaxsga o‘qitishning madaniy uyg‘unligi, insoniy muvofiqligi va hayotiy moslashuvchanlik tavsifi, eng avvalo, didaktik emas, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘nalganligi bilan bog‘liqdir. Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo‘lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi (E.Fromm, J.P.Sartr, V.Frankl, N.Berdyaev, A.Maslou, K.Rodjers va boshqalar) asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari – har bir alohida inson hayotining o‘ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o‘z-o‘zini realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o‘rnatish jarayonida sodir bo‘ladi.

Yüklə 100,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin