Bulutli hisoblashning global iqtisodiyotdagi o`rni-fayllar.org
Bulutli texnologiyani yaratilishi va evalyutsiya jarayoniBulutli texnologiyalar - bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo’lib 1960-yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000- yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi. 2005-yilda WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalangan xolda bepul tadbiq qildi. 2006-yilda Microsoft kompaniyasi “Microsoft virtual PC” Windows versiyasini ishga tushirildi. 2006-yilda Amazon kompaniyasi o’z qurilmalarida virtual serverlarni kengaytirish orqali “Amazon Elastic Compute Cloud” yuzaga keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni boshqa qurilmalarga (iste’molchilarga) ijaraga berish orqali bulutli texnologiyalarni kelib chiqishiga turtki bo’ldi. Bulut - AT- infratuzilma tashkilotlarining innavatsion modeli (konsepsiya) xisoblanib, u alohida ajratilgan va taqsimlangan konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarni ma’lumotlar markazida yotadi. Model yagona puldagi tarmoqdan qulay va bir vaqtning o’zida konfiguratsiyalangan hisoblash resurslaridan birgalikda foydalanish imkoniyatini yaratadi (misol uchun, tarmoqlar, serverlar,ma’lumotlar bazasi, ilovalar va servislar) shu bilan birga minimal boshqarishda ham oparativ va erkin ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bulutning bu modeli 5 ta asosiy harakteristika, 3 ta servis model va 4 ta taqdimlash modellaridan iborat. Ularni, boshqa turdagi hisoblashlardan farqlash (internet resurslaridan). Talab bo’yicha o’z o’ziga xizmat ko’rsatish. Foydalanuvchi server vaqtini, ma’lumotlar saqlash ombori xajmini, zarur bo’lganda avtomatik tarizda, xizmat ko’rsatayotgan provayder bilan o’zaro bog’liq bo’lmagan xolda, hisoblash kuchini mustaqil tarizda aniqlash va o’zgartirish mumkin. Tarmoqdan keng holda foydalana olish. Hisoblash kuchi imkoniyatlari tarmoqda standart mexanizimlar orqali katta masofada foydalana olish mumkin. Har - xil turdagi (yupqa - qalin) mijoz platformasidan (terminal qurilmalar) keng qamrovda foydalanish imkonini beradi. Server V 8 Resurslarni birlashtirish. konfiguratsiyalangan provayder hisoblash resurslarini yagona xovuzga birlashtirish orqali ko’p sonli foydalanuvchilar resurslardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Resurslarni tezkor elastikligi. Foydalanuvchilarning talabiga qarab bulut xizmatlari kengayishi, tez taqdim etilishi, qisqartirilishi mumkin. O’lchangan servis. (aslida foydalanilgan bugalteriya istemol servisi va to’lov xizmatlarini imkoniyatlari.) Bulutli tizimlar servis turiga qarab abstraksiyaning bazi bir darajalarida o’lchashni amalga oshirish orqali resurslardan foydalanishni optimallashtiradi va ular ustidan avtomatik nazorat qiladi.