Tabiatda ro‘y berayotgan jarayonning ma’lum bir hususiyatlarini o‘rganish uchun uni batafsil kuzatib,jarayonning ro‘y berishini xarakterlovchi parametrlarni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Gidrotexnika amaliyotida ham garchand bu sohada yaratilgan nazariyalar yuqori darajada rivojlangan bo‘lsada, gidrotexnik inshoatlarni loyihalashtirishda yoki hozirda ishlayotganlarini qayta ta’mirlash maqsadida paydo bo‘ladigan muammolarni nazariy echimini olish imkoniyati afsuski, hozirda mavjud emas.
Buning sababini ikki tomonlama tushuntirishimiz mumkin:
mavjud yoki quriladigan gidrotexnik inshoatlar majmuasining turli konstruksiyaga va murakkablikka egaligi;
gidrotexnik inshoatlarni loyihalashtirishda yuzaga kelayotgan suyuqlik oqimi dinamikasi muammolarini ochiq o‘zanlar gidravlikasining bugungi yutuqlariga asoslanib, hal qilish imkoniyati mavjudemas.
Bu GTI majmualarini gidravlik tadqiqot qilishning ahamiyatli tomonlari nimadan iborat degan savolga quyidagi izohni berish maqsadga muvofiqdir:
suyuqlik oqimining tirqish va naychadan siqilib napor ostida oqib chiqishi, to‘lqinlanishi, gidravlik zarb, gidravlik sakrash, suyuqlikning qattiq jism zarrachalari –nanoslar bilan o‘zaro ta’siri, aeratsiya, kavitatsiya, suyuqlikning g‘ovakli muhitdagi naporli va naporsiz barqaror va beqaror harakatlari, qattiq jismlarning suyuqliklarda suzishi va cho‘kishi kabi turliro‘y beradigan gidravlik jarayonlar;
suyuqlik oqimining beqaror va barqaror, tekis va notekis, sekin va keskin o‘zgaruvchan, sokin, kritik yoki shovqinli, vixrli va vixrsiz, naporli va naporsiz, laminar va turbulent tartibli kabi turliharakatlariningmavjudligi;
suyuqlik oqiminingharakatiga ta’sir qiluvchi og‘irlik, bikrlik, sirt taranglik, yopishqoqlik kabi kuchlarni bir vaqtning o‘zida inobatga olish zarurati mavjudligi;
oqim gidrodinamik xarakteristikalari turbulent pulsatsion zo‘riqishlari, to‘lkinlar, mavjlanishlar kabilarning tasodifiy xarakterga egaekanligi.
Zamonaviy ochiq o‘zanlar gidravlikasi hal qilishga ojizlik qilayotgan suyuqlik oqimi dinamikasiga ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash imkoniyatini beruvchi gidravlik modellar yordamida olib boriladigan tadqiqotlarning asosiy maqsadlarini quyidagi guruhlangan ko‘rinishda ifodalash mumkin:
laminar qatlam, turbulentlik darajasi, to‘lqinlar, mavjlanish, aeratsiya, kavitatsiya, loyqa bosish, yuvilish, ikki fazali oqim harakati kabi jarayonlarning fizik mohiyatlarini yanada kengroqochish;
gidrotexnik inshoatlar majmuasiga oqim tomonidan bo‘ladigan gidrodinamik zo‘riqishlarning ta’sirinianiqlash;
suyuqlik oqimining inshoatga ta’sirini va uning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini tahlil qilib, modellar yordamida konstruksiyalar tanlab, ularni loyihalashtirish;
inshoatlarni gidravlik hisoblashlarni takomillashtirish va tekshirish. Ular quyidagimasalalardir:
suv o‘tkazuvchi, chiqaruvchi, tushiruvchi inshoatlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatlarinianiqlashtirish;
beflarni tutashganda gidrodinamik xarakteristika pulsatsiyalari, tezliklar, pastki bef elementlari zo‘riqishlarinio‘rganish;
daryo va kanallar o‘zanlaridagi deformatsion jarayonlarni bashoratqilish;
suv o‘tkazuvchi inshoatlarda ro‘y berayotgan aeratsiya va kavitatsiya kabi jarayonlarni tadqiqotqilish;
filtratsion jarayonlarnio‘rganish.
Shuning uchun bu jarayonlarni ma’lum bir masshtablarda kichiklashtirilgan modeli qurilib, undagi gidravlik jarayonlar o‘rganiladiyoki daryo va boshqa gidrotexnik inshoatlardagi jarayonlar ma’lum bir differensial tenlamalar (Sen-Venan, Guk, Nave-Stoks, Reynolds tenglamalari) yordamida ifodalanib, algoritmlar, dasturlar, funksional bog‘liqliklar yordamida ularning echimini izlanadi. Bu usullar modellashtirish deb yuritilib, uning o‘zi quyidagi ikki ko‘rinishga ajratilgan:fizik modellashtirish va matematik (kompyuter orqali) modellashtirish.
Birinchi ko‘rinishdagi modellashtirish – fizik modellashtirishda o‘rganilayotgan jarayon (original, tabiiy) fizikaviy xossasini saqlab qolgan holda modelda qayta tiklanadi.Masalan, daryodan to‘g‘onsiz usulda sug‘orish kanaliga kerakli miqdorda suv sarfini ta’minlash maqsadida suv oqimining harakatini o‘rganishga to‘g‘ri keladi.Bu vaziyatda daryo o‘zaning o‘zgarishi, deformatsion jarayonlarni o‘rganish uchun daryoning kanal bilan tutashish sohasining kichiklashtirilgan modelini qurib, bu sohadagi jarayonlarni o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi ko‘rinishdagi modellashtirish – matematik modellashtirish bo‘lib,hozirgi davrda kompyuterorqali modellashtirishdeb yuritiladi. Bu usulda tabiiy holat ro‘y berayotgan jarayonlar matematik tenglamalar sistemasi yordamida ifodalanadi va bu jarayonlarni ifodalovchi tenglamalarning echimini topib, uning yo‘nalishini o‘rganish bilan amalga oshiriladi. Boshqacha fizikaviy tarkibga ega bo‘lgan, binobarin yuqorida qayd qilingan matematik bog‘liqliklar va tajribalar yordamida olingan ifodalar qaralayotgan jarayonni etarli darajada matematik tenglamalar yordamida tasvirlash (tabiiy jarayonni ifoda qiluvchi) imkonini beradi. Matematik modellashtirishga misol qilib, daryodan to‘g‘onsiz
usulda sug‘orish kanaliga kerakli miqdorda suv sarfini ta’minlash maqsadida suv oqimi dinamikasini modellashtirishni keltirishmumkin.
Matematik modellashtirishga EHMda tuzilgan maxsus dasturlar bo‘yicha bajariluvchi shunga o‘xshash jarayonlarning hisobi ham kiradi.
Darxaqiqat, bu holda ko‘rilayotgan fizik jarayon boshqa bir fizikaviy tarkibga ega bo‘lgan jarayonlar bilan almashinadi. Vaholanki, bu jarayon qo‘llanilayotgan dasturga muvofiq matematik tenglamalar asosida qurilgan natura modelga tegishli.
Yuqorida keltirilgan modellashtirishlarni yana ikkitakategoriyalarga ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |