G
— gusenitsali,
P
— pnevmog‘ildirakli o‘ziyurar va
N
— salazkaga
o‘rnatilgan o‘ziyurmaydigan.
SBU-100-35 stanogi modellarining bir-birlaridan
farqlari asosan
transport bazalari va chang bostirish tizimidadir. SBU-100N-35 stanogida suv-
havo aralashmasi yordamida, SBU-100G-35 va SBU-100P-35 stanoklarida
esa engli filьtr bilan quruq havo yordamida amalga oshiriladi.
SBU-100-35 stanoklarining barcha
modellarida ishchi organ
konstruksiyasi unifikatsiyalashgan (bir xillashtirilgan) bo‘lib, aylantirgich,
uzatishssilindri, yo‘naltiruvchi (machta) va burg‘ilash snaryadidan tashkil
topgan. Stanok ishchi organi qiya burg‘ilash
uchun ramaga sharnirli
biriktirilgan. Stanokni siqilgan havo bilan ta’minlash uchun ko‘chma
kompressor stansiyasi yoki kar’er siqilgan havo tizimidan foydalaniladi.
Siqilgan havo kompressorga A2-20 turidani avtomaslenka orqali beriladi.
Burg‘ilash shtangalari ramada joylashgan stellajga qo‘l kuchi yordamida
taxlanadi. Stellajning sig‘imi 40 dona shtanga.
Ko‘tarish va tushirish jarayonlari 160 mm diametrli turg‘un
o‘rnatilganssilindr 1 ga ega bo‘lgan pnevmoporshenli uzatish mexanizmi
yordamida bajariladi. (1-rasm).
Porshen shtok 2 bilan birga 1050 mm yurish o‘lchamida pastga 6 kN
va yuqoriga 9 kN kuch bilan suriladi. Aylantirgich porshen shtoki 2 bilan
bog‘langan bo‘lib, truba shakldagi yo‘naltirgich bo‘ylab siljitiladi.
Aylantirgich asinxron elektrodvigatel M1 va ikki pog‘onali
planetar
reduktor (2K-N sxemasi bo‘yicha) va shpindeldan tashkil topgan.
Aylantirgich shpindeliga pnevmozarbbergich bilan birga shtanga ulanadi.
1-rasm.
SBU stanogining kinematik sxemasi: 1-uzatish pnevmotsilindri, 2-
porshen shtoki, 3-aylantirgich, 4-burg‘ilash snaryadi, 5-gusenitsali yurish
uskunasi, 6-machtani ko‘taruvchi gidrotsilindr, 7-domkrat, 8-gusenitsa, 9-
maslostansiya, 10-bort reduktori, 11-ventilyator, 2-chang bostirish qurilmasi
SBU-100G-35 stanogining baza modeli qattiqligi f=6-16 bo‘lgan kon
jinslaridan diametri 100-125 mm va chuqurligi 35 m gacha bo‘lgan
vertikal va qiya skvajinalarni burg‘ilaydi.stanokning f=12 qattiqlikdagi
kon massividagi unumdorligi 36m/smena gacha ni tashkil etadi.
Stanokda K-105K va K-125K koronkalari hamda P-105K va P-
125Kpnevmoudarniklari ishlatiladi.
Stanokning yurish uskunalari ikkita gusenitsali
telejkadan tashkil
topgan. Har bir gusenitsa quvvati 5,5 kVt li elektr yuritma bilan
ta’minlangan. Stanok tashqaridan pulьt yordamida boshqariladi.
SBU-100P-35 stanogi SBU-100G-35 stanogining modifikatsiyasi
hisoblanadi. Uning yurish qismi – payvand orqali qurilgan rama, ikkita bort va
pnevmoshinali to‘rtta etaklovchi g‘ildirakdan tashkil topgan.
Har bir bortning
yuritmasi chervyakli reduktor va tishli uzatmalardan tashkil topgan.
SBU-100N-35 – o‘ziharakatlanmaydigan stanok. Stanok machtasi qo‘l
lebedkasi yordamida ko‘tariladi va metall palьets yordamida tutib turiladi.
Stanokning
burg‘ilash jarayonidagi muvozanatini ta’minlash uchun
salazkalariga yuk taxlanadi. Stanok masofali pulьt yordamida boshqariladi.
SBR – keskich koronkali aylantirib burg‘ilovchi stanok. Maydalangan
kon jinslari shnek yordamida chiqaziladi. Ikkita
modeli ishlab chiqazilgan
bo‘lib 123 va 160 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≤2-6 bo‘lgan kon jinslaridan
o‘tadi.
SBT – reaktiv gorelkali termik burg‘ilash stanoklari. Maydalangan kon jinslari
par va gaz yordamida chiqaziladi. Bitta modeli ishlab chiqazilgan bo‘lib shartli
180 va 250 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≥14 bo‘lgan kon jinslaridan 16 m
gacha chuqurlikkacha burg‘ilashga mo‘ljallangan