Barcha stanoklarda skvajinani tozalash uchun vintli kompressorlar bilan
ta’minlangan va gusenitsali yurish organiga ega. Stanoklarning massasi 50 t
dan 110 t gachani tashkil etadi.
SHaroshkali burg‘ilash stanoklarining
prinsipial tuzilishini SBSH-
250MNA-32 (13-rasm) misolida ko‘rib chiqamiz.
Stanok mashina bo‘limi 5, gusenitsali yurish organi 8, kabel barabani 7,
machta 3 va uni qotirish uchun tayanchlar 2 dan tashkil topgan.ishchi
organining barcha uzellari machtaga joylashtirilgan. Ulardan asosiylari:
aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm, shtangalar kassetasi va shtangalarni
qotiruvchi-echuvchi mexanizm.
Stanokni ko‘chirishda machtani tushirish uchun ikkita gidrodomkrat 4,
stanokni ishlatishda machtani ko‘tarish uchun uchta 6
gidrodomkrat xizmat
qiladi. Stanokning chap tomonida mashinist kabinasi 1 joylashtirilgan. Mashina
bo‘limida moy stansiyasi, skvajinalarga suv beruvchi nasos va siqilgan havo
beruvchi vintli kompressor joylashgan.
Stanokning afzalliklari: stanokning tristorli yuritmali aylantirgichi,
kompressor unumdorligini
avtomatik moslashtirish tizimi, burg‘ilash
shtangalarini echish va qotirish mexanizmlari yordamida burg‘ilash stavini
ishlatishni qo‘l mehnatisiz mashinist kabinasida bajarish imkonini beradi.
Quyidagi
etakchi
xorijiy
firmalarda
sharoshkali
burg‘ilash
stanoklarining 80 ga yaqin modellari ishlab chiqariladi: «Djoy», «Marion»,
«Byusayrus Iri», «Ingersol Rend» (AQSH), «Sandvik» (Finlandiya), «Atlas
kopko» (SHvetsiya) va boshqalar.
SBU stanoklari pnevmozarbbergich bilan jihozlangan bo‘lib
zarbli-
aylanma usulda burg‘ilaydi. Bu stanoklarda maydalangan kon jinslari
skvajinadan havo yordamida chiqariladi. Ushbu stanoklarning to‘rtta turi
mavjud bo‘lib 100 mm dan 200 mm gacha diametrli skvajinalarni qattiqligi f =
8-20 bo‘lgan kon jinslaridan burg‘ilaydi.
Zarbli-aylantirish bilan burg‘ilovchi SBU-100-35 stanogi. SBU-100-35
stanogining (1-rasm) uchta modeli quyidagi indekslar bilan ishlab chiqarilgan:
Dostları ilə paylaş: