Burg’ulash va portlatish ishlarida qo’llaniladigan reja



Yüklə 17,87 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü17,87 Kb.
#173597
  1   2   3
BPI - Atamalar


BURG’ULASH VA PORTLATISH ISHLARIDA QO’LLANILADIGAN


Reja:
1.Burg’ulash va portlatish ishlarida qo’llaniladigan atamalar
2.Boshlang’ich impuls va uning turlari.
3.Yonuvchi plig (osh).


Portlatuvchi – rasmiylashtirish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan “Portlatuvchining yagona daftari”ga ega bo‘lgan malakali ishchi (usta-portlatuvchi).
PM - portlovchi modda
PA – portlovchi materiallar (ashyolar) - portlovchi moddalar, tezlatish vositasi, nimportlatish va portlatish apparatlari.
Detonator (portlatgich)kapsyul-detonatorlar, pirotexnik rele, elektrodetonator kabilarning umumiy nomi.
DSH – detonatsiyalovchi shnur (portlatuv piltasi).
KD - kapsyul-detonator (piston-detonator).
Texnik nazorat shaxsi – PM bilan ishlash yoki portlatish ishlariga bevosita rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxs (kon ustasi, usta, ish yurituvchi va boshqalar).
NTT – noelektrik tezlatish tizimi.
Noelektrik detonator – tarkibida zarb-to‘lqin naychasi, ulaydigan element va susaytiruvchi kapsyul-detonator bo‘lgan fursatli tezlatish qurilmasi.
Tashkilot - ishlar xavfsizligi bo‘yicha ekspert – portlatish ishi xavfsizligi masalalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot.
OSH – olovo‘tar shnur (o‘t o‘tkazuvchi pilta).
NPA - nimportlatish va portlatish apparati.
CHREK – chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiya.
SHay-patron – PM patroni (shashka), portlatish tezlatgichiga (kapsyul-detonator, elektrodetonator, detonatsiyalovchi shnur yoki noelektrik detonatorga) biriktirilgan PM - zaryadi yoki uning qismi bo‘lib hisoblanadi.
Oraliq detonator - portlatish tezlatgichi (detonator, elektrodetonator, detonatsiyalovchi shnur, noelektrik detonator) kiritilgan PM patroni (shashka), birlamchi detonatsiyalovchi impulsni kam sezadigan PM dan iborat bo‘lgan asosiy zaryad portlashini tashabbuslash uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 17,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin