Burhanuddin marg'iloniyning hayoti va faoliyati reja kirish



Yüklə 25,88 Kb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü25,88 Kb.
#161763
1   2   3   4
burhanuddin marg\'iloniyning hayoti va faoliyati

«Fi diyorino» (Bizning diyorimizda) deganda, u Movarounnahr mintaqasini nazarda tutadi. 
«Qola mashoyixuno» (Bizning shayxlarimiz, ya’ni ustozlarimiz debdurlar) deganda, u Movarounnahr (Buxoro, Samarqand) olimlarini nazarda tutadi. 
«Fiqh» so‘zi bilan esa, aqliy dalilni ifodalaydi. Masalan, «Va-l-fiqhu fiyhi», ya’ni ushbu masala haqida aqliy dalil quyidagidek... 
Abu Su’udning yozishicha, «al-Hidoya» muallifi o‘z fikrini bildirmoqchi bo‘lganda «Qola al-abd az-zaif afo anhu» (bu ojiz banda – Xudo uni kechirsin – bunday deydi) iborasini ishlatgan. Lekin uning vafotidan keyin ayrim shogirdlari ushbu jumlani «Qola roziyallohuanhu» (Xudo undan rozi bo‘lsin, bunday deydilar) iborasi bilan almashtirganlar.
Muallif o‘zini xudbinlikdan saqlash maqsadida «men» so‘zini o‘z fikrini bildirishda ishlatmagan. Uning odatlaridan yana biri shundaki, nazarida ma’qul ko‘ringan mazhab dalilini asar oxirida keltiradi. Qozizoda Rumiy laqabi bilan mashhur bo‘lgan Zayniddin Shayx Muhammad Afandi «Natoijal afkor» kitobida yozishicha, muallif turli mavzular uchun dalil keltirish jarayonida eng kuchli dalilni hammasidan oxirida keltiradi. Bundan uning maqsadi, oxirgi so‘zni ilgari zikr etilgan matlablar uchun dalil sifatida qo‘llashdir. 
Muallif ilgari zikr etilgan oyatga «bimo talavna» (tilovat qilganimizga binoan), hadisga «bimo rovayno» (rivoyat qilganimizga binoan) va ilgari keltirilgan aqliy, mantiqiy dalilga «bimo zakarno» (zikr etganimizga binoan) degan iboralari bilan ishora qiladi. Shuningdek, u «nass», ya’ni oyat yo hadis matnida kelgan illat, yo sababni tekshiriladigan masalani isbotlash uchun mantiqiy dalil qilib ishlatadi. U ko‘pincha aqliy dalilni naqliy dalildan keyin keltiradi. Tug‘ilishi mumkin bo‘lgan savol yo e’tirozga esa, «fain qiyla kazo, qulna kazo» (agar bunday deyilsa, biz bunday deb javob beramiz) iborasi bilan javob qaytaradi. U ko‘pincha, avval, Abu Hanifaning mashhur shogirdlari Abu Yusuf va Shayboniyning qarashlarini, so‘ngra dalilini keltiradi, undan keyin Abu Hanifaning fikrini zikr etib, uning dalilini shunday izohlab o‘tadiki, har ikkalasi uchun javob bo‘ladi. Muallifning yozish uslubi, u ishlatgan o‘ziga xos iboralar va atamalarni yaxshi bilib olishi «al-Hidoya»ni o‘qib, undan foydalanishga katta yordam beradi. 
«Al-Hidoya» asarining yana bir xususiyati shundan iboratki, unda «ilm al-xilof» (dalilga qarshi dalil keltirish ilmi) orqali belgilab berilgan qoidalar keng ko‘lamda nazarda tutiladi. Chunki Marg‘inoniy ushbu fan sohasida ham katta olim va mutaxassis hisoblangan. 

Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin