int number=13;
if(number%2==0){
out.println("juft son");
}
else{
out.println("toq son");
}
}
}
Ekranda:
Toq son
Java IF-else-if tanlash operatori
O'zbekcha qilib aytganda unisi bo'lmasa bunisi, bunisi bo'lmasa keyingisi degan ma'noda. if-else-if ketma-ketligi shartlar ko'p bo'lgan hollarda ishlatiladi.
if(condition1){
//code to be executed if condition1 is true } else if(condition2){
//code to be executed if condition2 is true } else if(condition3){
//code to be executed if condition3 is true }
...
else {
//code to be executed if all the conditions are false }
public class IfElseIfExample {
public static void main(String[] args) {
int ball=65;
if(ball<50){
System.out.println("yiqildi");
} else if(ball>=50 && ball<60) {
System.out.println("D daraja");
} else if(ball>=60 && ball<70) {
System.out.println("C daraja");
} else if(ball>=70 && ball<80) {
System.out.println("B daraja");
} else if(ball>=80 && ball<90) {
System.out.println("A daraja");
} else if(ball>=90 && ball<100) {
System.out.println("A+ daraja");
} else {
System.out.println("Invalid!");
}
}
}
Ekranda :
C daraja
Java Switch tanlash Switch operatori – dastur ishlashini berilgan qiymatga mos holda biror yo'nalishga o'zgartirib berishni ta'minlaydi. Bu operator bir necha variantlardan kerakligini tanlab olishda, « if» operatori o'rnida ishlatiladi. Albatta, barcha tanlovlarni «If» orqali amalga oshirish mumkin,. Farqi u shart true bo'lguniga qadar tekshiradi. Shart to'g'ri bo'lgandan keyin switch operatoridan boshqa qiymatlarni tekshirmaydi.
switch(shart){
case value1:
//code to be executed;
break; //optional
case value2:
//code to be executed;
break; //optional
......
default:
//hech qaysi shartni qanoantlantirmasa;
}
Bu operator qanday ishlaydi? « Switch» operatoriga berilgan qiymat, «case» operatoridagi qiymatlar bilan birma-bir solishtiriladi. Agar qiymat biror variant bilan mos tushsa, shu variantga tegishli blok ichidagi operator yoki operatorlar bloki ishlaydi va «break» orqali bu tanlov(switch) yakuniga yetadi. Agar qiymat hech qaysi variant bilan mos tushmasa, «default» operatori ishlaydi va uning ichidagi operatorlar dastur ishlashini davom ettiradi.
«default» bloki bo'lmasligi ham mumkin, bunda agar variantlar orasida bizning qiymat topilmasa, «switch» hech qanday xabar bermaydi.
«break» operatori «switch» operatoridan chiqishni bildiradi, shuning uchun har bir «case» operatoridan keyin qo'yilgan. Agar bu operatorni olib tashlasak, bizning qiymat variantlar orasidan topilsa ham, «switch» operatori ishlayveradi va hamma «case» operatoriga murojat qilaveradi. Bu dasturning xato ishlashiga olib keladi.
public class SwitchExample {
publicstatic void main(String[] args) {
int number=20;
switch(number){
case 10: System.out.println("10");break;
case 20: System.out.println("20");break;
case 30: System.out.println("30");break;
default:System.out.println("Not in 10, 20 or 30");
}
}
}
Matematik funksiyalar.
Javada matematik funksiyalar uchun Math paketi ishlatiladi, ushbu paketda juda ko’p kerakli funksiyalar bor:
Quyida bir nechtasini misol qilamiz:
Math.abs()
Sonning absolyut qiymati yoki moduli, ya’ni |a|
Math.max()
2ta sondan eng kattasini qaytaradi
Math.min()
2ta sondan eng kichigini qaytaradi
Math.round()
Haqiqiy sonlarni taqribiy qiymatini olish uchun ishlatiladi