Buvayda tumani xtb 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi estetik fanlar metodbirlashmasining yillik hisoboti



Yüklə 106,5 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#110302
00Йиллик хисоботи 08049


BUVAYDA TUMANI XTB 11-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI ESTETIK FANLAR METODBIRLASHMASINING YILLIK HISOBOTI

Men rahbarlik qilayotgan metodbirlashma a’zolari 5 nafar bo’lib, ularning barchasi oliy ma’lumotli. Bizning asosiy maqsadimiz yosh avlodni xar tomonlama yetuk, ma’naviy boy, barkamol bo’lib rivojlanishini ta’minlashdir.


2020 yil 28 avgust kuni metodbirlashma a’zolari bilan yig’ilish o’tkazib metodbirlashma rahbarini sayladik va yillik ish rejani tuzdik. Ish reja metodbirlashma a’zolari tomonidan ma’qullandi. O’qituvchilar bilan o’z mutaxasisligi bo’yicha dars taqsimlandi.
Unga ko’ra:

  1. T.Tillayevaga texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik fanlaridan jami 18 soat;

  2. G.Qosimovaga texnologiya fanidan 8 soat;

  3. I. Begmatovga musiqa fanidan 14 soat;

  4. A.Mashrapovga jismoniy tarbiya fanidan 20 soat;

  5. K.Axmedovga jismoniy tarbiya fanidan 22 soat;

dars soatlari berildi.
Reja asosida xar oyda bajarilgan ishlar yakuni bo’yicha yig’ilishlar bo’lib o’tdi. Yig’ilishlarda o’tilgan ochiq darslar, ma’ruzalar, sport musobaqalari, rasm ko’rik tanlovlari natijalari ko’rib chiqildi. Erishilgan yutuqlarimizni metodbirlashma o’qituvchilari o’rtasida ommalashtirdik, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’rdik.
2020 yil 25 noyabr kuni 9 sinf o’quvchilari o’rtasi fan olimpiadasining maktab bosqichi o’tkazildi. 1,2,3 o’rinni egallagan g’oliblar buyurtma asosida Xalq ta’limi bo’limiga topshirildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan chiroyli bezatilgan xona nominatsiyasi bo’yicha ko’rik tanlov o’tkazildi. Tanlovda 7-b va 8-sinf xonalari g’olib bo’lishdi.
Fevlar oyida 3-5 sinflar va 6-9 sinflar o’rtasida “Buyuk siymolar” nomli rasm ko’rik tanlovi o’tkazildi.
Tanlovda:
3-a sinf o’quvchisi Akbarov Soxibjon;
6-a sinf o’quvchisi Xafizov Akbarjon, Abdusattorova Hilolaxon, Yo’ldoshaliyeva Ruhshonalar g’olib bo’lishdi.
Mart oyida “Umid nihollari” sport musobaqasining maktab bosqichi o’tkazildi. “O’lkamizda bahor” nomli rasm ko’rik tanlovi o’tkazildi. Assalom navro’z tadbiri o’tkazilishida ham metodbirlashma a’zolari faol ishtirok etishdi.
Aprel oyida estetik yo’nalishdagi fanlar oyligi bo’lib o’tdi. Oyligda ish reja asosida sport musobaqalari, rasm ko’rik tanlovlar, bellashuvlar, qiziqarli viktorinalar va xar xil mavzudagi ma’ruzalar o’qib eshittirildi.
202 yil 12 aprel kuni “Maktabim faxrim” nomli tuman seminari o’tkazildi. Seminarda texnologiya fani o’qituvchisi G.Qosimovaning 8-sinf qizlari o’rtasida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimi, T.Tillayevaning 5-sinflarda Tabiat manzarasi fonida natryumort mavzusidagi ochiq darsi ko’rib chiqildi. 1-5 sinflar va 6-10 sinflar o’rtasida “Biz tinchlik istaymiz” mavzusida asfaltga rasm ishlar musobaqasi o’tkazildi. 1-5 sinf o’quvchilari o’rtasida “Kitobim ­– oftobim” mavzusida musiqali marafonini musiqa fani o’qituvchisi I.Begmatov va maktab kutubxonachisi O.Sultonovalar boshchiligida o’tkazildi.
25 may kuni yil davomidagi ko’rik tanlovlarda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirildi.


Estetik fanlar metodbirlashma rahbari: T.Tillayeva
Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin