Buvayda tumani xtb 47-umumiy ta’lim maktabi pedagogik kengashning navbatda tashqari 2/1 sonli yig`ilish bayonnomasi



Yüklə 14,99 Kb.
səhifə1/2
tarix03.05.2023
ölçüsü14,99 Kb.
#106782
  1   2
33 PEd kngash toifa 33


Buvayda tumani XTB 47-umumiy ta’lim maktabi pedagogik kengashning
navbatda tashqari 2/1 sonli yig`ilish bayonnomasi
2022-yil 30-Dekabr Tuman qishlog’i
Yig’ilish raisi U.Qudratova
Kotiba Z.Yuldasheva
Kengash yig’ilishida 55 nafar pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Kun tartibi
1.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi
572-sonli qarorining ijrosini ta’minlash to`g`risida
Ma’ruzachi; O`IBDO` A.Usmonov
Eshitildi:
Yig`ilishni maktab direktori U.Qudratova ochib,kun tartibidagi masala bo`yicha O`IBDO
A.Usmonovga so`z berdi.
Hurmatli kengash a’zolari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarorini ijrosini ta’mirlash maqsadida maktabimizdagi pedagoglar navbatdagi va navbatdan tashqari oktabr –noyabr oyida o’tadigan attestatsiyaga jalb etiladi. Bunga e’tiboran pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish ikki bosqichda o’tkaziladi hamda ikki bosqich bo’yicha umumiy 100 balli tizimli baholanadi. Birinchi bosqichda pedagogik kadirlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta’lim tashkilotining pedagagik kengashlari tomonidan o’rganiladi.Hamda maskul nizomga 5-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida 20balli tizimda baholanadi. Manfatdor Vazirliklar va idoralar pedagogik kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari ushbu nizomga 6-ilovaga muvofiq shakildagi ma’lumotnomaga kiritilib talim tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi va ta’lim inspeksiyasiga topshirish uchun pedagog kadrlarga taqdim etiladi.Pedagogik mahorati va psixologik tayorgarlikni baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma attestatsiyadan o’tish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar ko’pi bilan 4 oy muddat ichida berilgan bo’lishi lozim.
Shuni e’tborga olib bizning maktabimizda 33 nafar pedagogik xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyasiyasiga jalb etilmoqda.Bu pedagoglarni pedagogik psixologik tayyorgarlikni mezon asosida baholab berishni kuzatuv kengashi a’zolariga tavsiya etaman.Shundan so`ng ona tili va adabiyot fanlari metod birlashma N.Asqarova so`z olib,u o`z so`zida maktab O`IBDO` A.Usmonov ma`ruzasini ma’qullab o`z fikrini bildirib,o`qituvchilarning ta’lim-tarbiya berishda charchamasligini aytib o`tdi.Attestatsiyada qatnashayotgan o`qituvchularni hammasini ilova orqali berilgan ballarini aytib o`tdi.
Sinf rahbarlar metodbirlashma rahbarlari M.Shokirova boshlang`ich ta’lim metodbirlashma rahbari M.Mamurovalar so`z olib o`z so`zlarida,pedagog xodimlarning faoliyatiga yuqori baho berdilar.
Pedagog xodimlarning pedagogik mahoratiga va psixologik tayyorgarligi bali ilovaga muvofiq berildi.
Yuqoridagilarga ko`ra yig`ilish
Qaror qiladi:
1.Maktab O`IBDO` A.Usmonov ma’ruzasi asosi va ijro uchun qabul qilinsin.
2.Ona tili va adabiyot fanlari metodbirlashma rahbari N.Asqarova,sinf raxbarlar metod birlashma raxbari M.Shokirova,boshlang`ich ta’lim metod birlashma raxbari N.Ma’mirovalarning ma’lumoti asosli deb topilsin.
3.Ilovada ko’rsatilgan pedagoglarning pedagog mahorati va psixologik tayyorgarlik ballari to’g’ri deb topilsin.


Yüklə 14,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin