4
3.
Baholash;
4.
Kalkulyatsiya;
5.
Buxgalteriya hisobi schetlari;
6.
Ikkiyoqlama yozuv;
7.
Buxgalteriya balansi;
8.
Hisobot.
Bu tushunchalar buxgalteriya hisobi usul elementlari deyiladi.
Ikkinchi ma’noda – alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo’llaniladigan
usullar
yig’indisi hisobning metodologiya (uslubi)sini tashkil etadi.
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish
imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi.
Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo’yiladigan
talablar xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga
kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo’ladigan barcha
xo’jalik
jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag’larni aks ettiruvchi axborotlar
shakllanadi. Har xil jarayonlarda sodir bo’ladigan muomalalar soni hamda korxona
ixtiyorida joylashgan mablag’lar turi va manbalari juda ko’pdir. Har bir xo’jalik
muomalasi va mablag’lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini
umulashtirish, shakllantirishni hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining ob’ektlari (uning predmetining tarkibiy unsurlari)
ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini
beradigan dastlabki
aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida muomala uchun yoki ularning bir
turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi.
Unda amalga oshirilgan muomalaning mazmuni qayd etiladi.
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo’layotgan xo’jalik muomalalari haqida mukammal
ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va
umumlashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Yuridik talablarga rioya qilingan holda
hujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga
isbotlovchi kuch
bag’ishlaydi.
Lekin, xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish
yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiy yo’qolish, mablag’larni qabul qilish
va topshirish paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa o’g’irliklar tegishli
qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar va hisobda aks
ettirilganlaridan chetga og’ishiga olib keladi. Bunday hodisalarning rasmiylashtirish, ular
sodir bo’layotganda emas, balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki
axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy
qo’shimchalar qayta ro’yxatga olish (inventarizatsiya) yordamida aniqlanadi.
Uning
ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida hisobga
olinmay qolgan hisob ko’rstatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat
qiladi.
Shunday qilib, hujjatlashtirish va ro’yxatga olish buxgalteriya hisobining ob’ektlarini
dastlabki kuzatish amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but
5
saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro’yxatga olishning
ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning hatti-harakatlari,
amalga oshirilayotgan
muomalalarning qonuniyligi, mablag’larning to’g’ri saqlanishi, ulardan maqsadga
muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, xo’jalik muomalalari va mablag’lar juda turli-tumandir.
Lekin, buxgalteriya hisobi ular haqida yig’ma (umumlashtirilgan) ko’rsatkichlarni berishi
kerak. Bu, yig’iladigan ma’lumotlar o’lchagichlarida ifodalaniladi.
Buning uchun
buxgalteriya hisobida baholash usuli qo’llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat
ko’rsatkichlarini pul ko’rsatkichlariga aylantiriladi.
Xo’jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha
chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli, ham
moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda har bir chiqim turining
miqdorinigina emas, balki aniq bo’lgan, ularning ob’ektiga tegishli bo’lgan
umumiy
summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish
lozim bo’ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish harajatlarining miqdori ustidan nazorat
qilish uchun qo’llaniladigan kalkulyatsiya yordamida hisoblab topiladi. U ob’ektlarning
haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: