BUXGALTERIYA BALANSINI ANIQLASH
Moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri korxonaning buxgalteriya balansi hisoblanadi. Balans (balance – fransuzchadan tenglashish, muvozanat) – korxona moliyaviy resurslarini paydo bo‘lish omillarining (balans passivi) ularni joylashtirish omillariga (balans aktivi) tengligidir. BHMS ga muvofiq buxgalteriya balansi aniq vaqt va sanada xo‘jalik mablag‘lari va ularning omillarini, shuningdek, xo‘jalik operatsiyalarining natijalarini umumlashtirish hamda guruhlash usulidir. Balansni korxonaning moliyaviy ahvoli bir lahzada sur’atga olish bilan tenglashtirish mumkin. Buxgalteriya balansi korxonaning hisobot davridagimoliyaviy ahvoli bo‘yicha muhim ma’lumot manbayidir. Uning yordami bilan mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning daromadliligi, muomaladagi mablag‘larning aylanishi, debetor va kreditor qarzdorlikning ahvoli va o‘sib borishi aniqlanadi. Manfaatdor foydalanuvchilar buxgalteriya balansi ma’lumotlarini o‘rganib, korxonaning nimalarga egaligi, uning potensiali (imkoniyatlari) qandayligi, mulkdan qanday foydalanishi, to‘lovlarga qurbi yetish-yetmasligini aniq bila oladi.
Dostları ilə paylaş: |