BUXGALTERIYA BALANSINING TURLARI
Buxgalteriya balansining bir necha turlari mavjud. Shundan:
· qoldiqli (saldo);
· aylanmali (aylanma);
· boshlang‘ich;
· yakuniy;
· tugallanish (likvidatsiyali).
Qoldiqli balansda buxgalteriya hisobi ma’lum sanadagi pul mablag‘lari qoldiqlari holatlari aks etadi. Aylanmali balansda qoldiqliga qo‘shimcha ravishda schyotlar bo‘yicha mablag‘larning aylanishi, jihozlar, intellektual, nomoddiy aktiv ko‘rinishidagi xususiy mulk kabilar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Boshlang‘ich balans yangi korxona tuzishda yoki harakatdagi korxonani qaytadan qurishda tuziladi.
Yakuniy balans korxona faoliyati yakunlanayotganda, moliyaviy-xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha tuziladi. Yil davomida oraliq balanslar (kvartal, yarim yillik, to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha) tuziladi. Yakuniy balans korxonaning xo‘jalik yuritish va moliyaviy faoliyati haqidagi hamma ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi va yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks etadi.
Tugallash (likvidatsiya) balansi korxona faoliyati tugatilayotganda uning mulkiy holati va manbalarining shu davrdagi ahvolini tasniflash uchun tuziladi. Likvidatsiya balansiga asosan likvidatsiya komissiyasi korxonani tugatish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari miqdorini aniqlaydi. Keyin kreditorlar bilan o‘zaro hisob-kitob qiladi, debitor qarzlarni undiradi. Korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxonada qolgan mulklarni uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlaydi, ya’ni o‘zaro hisob-kitob qiladi.
Dostları ilə paylaş: |