Inventarizatsiyani o‘tkazishning asosiy qoidalari.
Alohida turlardagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o‘tkazish qoidalari.
Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish va undagi farqlarni tartibga solish hamda rasmiylashtirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhat
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya jalb qilish faoliyatini vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.Investitsiya loyihalarini samarali jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan xorijiy investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investi tsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin , - deya ta’kidlab o’tdilar1Darhaqiqat, Prezident to’g’ridanto’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi.
Kurs ishi mavzusi kimlar tomonidan o’rganilgan.O'zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati va uning asosiy yo'nalishlari, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qaytaqurishdagi roli, respudblikamizda qulay investitsiya muhitini barpo etishning ilmiy va amaliy jihatdanlari respublikamiz iqtisodchi-olimlari – Orifxonov Sh., Sirajiddinov N., Tursunov B.M., Hikmatov. O., Bedrintsev A.K., Yo'ldoshev Sh., Isajonov A., Rasulev A.F., Yusupov A., Trushin E.F. va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.