Buxgalteriya hisobi kafedrasi



Yüklə 390,79 Kb.
səhifə12/14
tarix13.10.2022
ölçüsü390,79 Kb.
#65068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Davron Axmedov hisobot

9. Xarajatlar hisobi
Xarajatlar hisobi usullarining evolyusiyasi. Xarajatlarni turli xil belgilarga ko‘ra turkumlanishi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda texnologiyani ta'siri. Texnologik jarayonga qarab ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish. Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga olishni tashkil qilish. Boshqaruv hisobi schetlar rejasi.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi sub'ektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi;
soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar;
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma'muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operasion xarajatlar va zararlar;
xo‘jalik yurituvchi sub'ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari:
a) foizlar bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi;
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar.
Davr xarajatlari
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar10 – Mavzu: Korxona harajatlari hisobini o`rganish

Yüklə 390,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin