Buxgalteriya hisobi kafedrasi


Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi



Yüklə 390,79 Kb.
səhifə14/14
tarix13.10.2022
ölçüsü390,79 Kb.
#65068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Davron Axmedov hisobot

11 .Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim qilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subektlarning ma'lum davr ichidagi moliyaviy–xo‘jalik faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul oqimlari to‘g‘risidagi va ma'lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy kapitalining holati haqida axborotlar beradi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish, odatda uning konseptual asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi.Konseptual asos eng avvalo quyidagilarni hal qilish uchun zarur:
 mavjud konsepsiya va tamoyillar asosida tizim tuzish;
 yangi amaliy qiyinchiliklar vujudga kelganda ularni echish uchun algoritm yaratish;
 moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilarda ularni tushunish darajasini oshirish;
 turli korxonalar moliyaviy hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS)da moliyaviy hisobotlarning maqsadi quyidagicha qilib belgilangan: «Moliyaviy hisobotlarning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy holati, faoliyat natijalari va moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar haqida axborotlar taqdim qilish hisoblanadi».
Moliyaviy hisobotning konseptual (MHK) asoslari buxgalteriya axborotining qaror qabul qilish jarayonidagi foydalilik darajasini oshiruvchi xususiyatlarini belgilaydi va aniqlaydi. Yuqorida sanab o‘tilganidek buxgalteriya axborotining to‘rtta asosiy sifat xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
 tushunarlilik;
 ahamiyatlilik;
ishonchlilik;
 solishtirish imkonining mavjudligi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari unda aks ettirilishi lozim bo‘lgan axborotlarning turi, nomi va ko‘lamini belgilab beradi. Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun xo‘jalik yurituvchi sub'ekt haqida quyidagi axborotlarni taqdim etish talab qilinadi:
 korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari va kapitali;
 korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari hamda kapitalida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar;
 korxonaning iqtisodiy holati.
Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma'lumotlar moliyaviy hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi-ning «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks ettirish tavsiya etiladi:
 Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl
 Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot -2-son; shakl
 Pul oqimlarining harakati to‘g‘risidagi hisobot – 4-son ; shakl
 Xususiy kapitalning xarakati to‘g‘risidagi hisobot -5-son ; shakl
 Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar.
Bu moliyaviy hisobotlar O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va «Korxonaning hisob siyosati»ga asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha moliyaviy axborotni qamrab olishlari kerak.
1-sonli «Buxgalteriya balansi» shaklda korxonaning xo‘jalik mablag‘lari va ularning joylashishi hamda tarkib topish manbalari o‘z ifodasini topadi. Korxonaning mulki - bu uning mablag‘lari summasining o‘z mablag‘lari manbalari summasiga to‘g‘ri keluvchi qismidir. Korxona moliyaviy barqarorligi esa uning mul-kiy holati hamda to‘lov qobiliyati bilan baholanadi. To‘lov qobiliyatini aniqlashda esa korxona majburiyatlarini uning aylanma mablag‘lari summasi bilan solishtirish lozim.
2-sonli «Moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobot» shaklda korxonaning mahsulot sotishdan ko‘rgan moliyaviy natijasi, asosiy faoliyat, umumxo‘jalik faoliyati bo‘yicha moliyaviy natijasi va sof foydasi ko‘rsatiladi. Bu shakl ma'lumotlari buxgalteriya balansini tuzishda ishlatiladi.
3-sonli «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi hisobot” shakl korxonada mavjud mulkning holatini baholashda imkonini beradigan ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu shakl ba'zi ma'lumotlarini (masalan, yil boshiga va yil oxiriga qoldiq summasini) balansdagi shu moddalar bilan solishtirish mumkin. Tahlil uchun esa asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati ko‘rsatkichi ishlatiladi. Ushbu shakl asosiy vositalar harakati bilan bog‘liq barcha ma'lu-motlarni bergani sababli, ular asosida asosiy vositalar, ya'ni mulkning texnik holatini baholash mumkin.
4-sonli «Pul oqimlarining harakati to‘g‘risidagi hisobot» shakl korxona pul mablag‘lari harakatini baholash nuqtai nazardan nihoyat darajada katta ahamiyatga ega. Bu hisobotni o‘qishni bilgan kishi ma'lum bir darajada korxonaning moliyaviy natijalari shakllanishi haqidagi ma'lumot bilan tanishishi va uni 2-shakl ma'lumotlari bilan solishtirishi mumkin. Bu hisobot korxonaning naqd va naqd pulsiz muomalalarining umumiy aylanmasi haqidagi ma'lumotlarni beradi. Hisobot davri boshiga qoldiqqa hisobot davridagi kirim qo‘shilib, hisobot davridagi chiqim chegirilib yuborilsa, pul mablag‘lari qoldigini hisobot davri oxiriga aniqlash mumkin.
5-sonli «Xususiy kapitalning xarakati to‘g‘risidagi hisobot» shakl korxonaning o‘z mablag‘lari


ILOVALAR
Yüklə 390,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin