Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Bank - bu pul muomalasini boshqaruvchi tashkilot bo’lib, u to’lovlar va hisob-kitoblarni tashkil etish, huquqiy va jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini yuritish, ularning pul mablag’larini saqlash, kreditlash bilan bog’liq bo’lgan xizmatlarni amalga oshiradi.
Bank faoliyatida pul mablag’larining harakati va ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni yig’ishda buxgalteriya hisobi katta rol o’ynaydi.
Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalangan holda bankning aktiv va passiv operatsiyalari rejalashtiriladi. Moliyaviy hisobotlarning natijasi bankning moliyaviy holatini ko’rsatadi va bank rahbarlariga bank ishini rivojlantirishda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratadi.
Shu qabul qilingan siyosat asosida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi yaratiladi, bu faoliyat bank xodimlarining kunlik ish jarayonlarida hamda operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishda o’z ifodasini topadi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari xalq xo’jaligi turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o’xshash.
Ular 1996 yil avgustidagi Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunda o’z ifodasini topgan.
xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish;
xo’jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash;
barcha operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv asosida guruhlashtirish, bunda yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisobraqamlar asosida olib borish;
hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo’jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish.