Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish


Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi



Yüklə 12,87 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü12,87 Kb.
#207106
1   2   3   4   5
To\'xtayeva Norgul Uzoqovna

Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi.


Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini olib borish bankning hisob-operatsion bo’limiga yuklatilgan. Hisob-operatsion bo’limi bank faoliyatining ko’lami va yo’nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko’rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo’ladi.
Bu guruhlarda ish yurituvchilarni mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo’lib berilib, ular o’zlariga bo’lib berilgan korxona va tashkilotlatlarning hisobkitob, kassa, valyuta va kredit operatsiyalari bo’yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko’rsatadilar.

Ichki bank operatsiyalari bo’yicha bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


bank asosiy vositalarini, arzon va tez eskiradigan buyumlarni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanish hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholash, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish;
bankning barcha daromadlari bo’yicha hisobni olib borish;
bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hakozo.

Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquq va majburiyatlari.

Bank bosh buxgalteri bankda hisob-operatsion ishlarni tashkil etadi, bankning moddiy va moliyaviy resurslarining to’la saqlanishini ta’minlaydi.

U bank rahbari tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo’shatiladi. Agar bankning yuqori bank tashkiloti bo’lsa, yuqori bank tashkiloti rahbari, buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig’i bilan kelishiladi va Markaziy bank boshqaruvi qoshidagi komissiya taqdimotidan o’tkaziladi.

Bosh buxgalterning vazifalari quyidagilardan iborat:


bank operatsiyalarini o’z vaqtida buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish va bank buxgalteriya ishini to’g’ri tashkil etish;
bankning barcha operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishini o’z vaqtida tashkil etishni ta’minlash, operatsiyalarning natijasi bo’yicha balans tuzib, rahbarga topshirish;
kundalik balansni operatsion kun tugashi arafasida yakunlash;
mijozlardan keladigan hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi va qonuniyligi ustidan nazorat qilish;
qimmatbaho hisobot blankalarining to’liq saqlanishi va ular bo’yicha to’g’ri hisob olib borilishini ta’minlash;
soat 10.00 gacha avvalgi kun hujjatlarini papkalarga tikib, joriy arxivga topshirishni ta’minlash;
o’z xodimlarini yangi yo’riqnoma va xatlar bilan tanishtirib borish;
dastlabki hujjatlar asosida hisobotlarini o’z vaqtida tayyorlab belgilangan muddatlarda Markaziy bank va tegishli organlarga taqdim etish;

Yüklə 12,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin