Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish


Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi hujjatlar asos qilib olinadi



Yüklə 12,87 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü12,87 Kb.
#207106
1   2   3   4   5
To\'xtayeva Norgul Uzoqovna

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi hujjatlar asos qilib olinadi:


1.O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni;
2.O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni;
3.«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni;
4.O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida»gi 61-sonli yo’riqnoma;
5.O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy hujjatlari.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish qoidalari

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish qoidalari «O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida»gi 61-sonli yo’riqnomada batafsil yoritilgan, jumladan, yo’riqnomada buxgalteriya hisobi yuritish qoidalari, buxgalteriya apparatining strukturasi berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari ko’rsatilgan, mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda hujjatlar aylanishini yo’lga qo’yish usullari to’g’risida ko’rsatmalar berilgan.

Bundan tashqari, buxgalteriya hisobotini tuzish hamda xalqaro andozalarga asoslangan boshqa bank operatsiyalarini bajarish hajmlari va tartibi belgilab qo’yilgan.

Vazifalar quyidagilardir:


Hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko’rsatish;
Hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to’g’ri bajarish;
Bajarilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hiso-botida o’z vaqtida hamda aniq aks ettirilishini ta’minlash;
Bankdan chiqadigan hujjatlarni tegishlicha rasmiylash-tirish va buning natijasida bu hujjat borgan joyda ulardan foydalanishni engillashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ana shu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilayotganda hamda ular tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar hisobvaraqlarining hisobi yuritilayotganda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning, g’ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish;
Bankda turgan pul mablag’lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobi yuritiladigan blankalarning kam chiqishi yoki ortiqcha sarflab yuborilishining oldini olish;
Operatsiyalar bajarilayotganda bank mansabdor shaxslari qonunga zid xatti-harakatlar qilgan, boyliklar va hujjatlar yo’qotib qo’yilgan hollarda ular javobgarligini hujjatlar bilan asoslash;
Operatsiyalar bajarilishi, rasmiylashtirilishining qo-nuniyligi va to’g’riligi to’g’risida keyinchalik tekshirish va ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratish;

Yüklə 12,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin