Korxonalar buxgalteriya hisobi ishchi schetlari rejasi – bu aynan bita olingan korxonada uning xususiyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqilgan schotlar rejasidir. Unda 21- son BXMSdan farqli o‘laroq qo‘shimcha schotlar ochiladi, keraksiz va ishlatilmaydigan schotlar undan chiqarib tashlanadi. Ishchi schetlari rejasi korxonaning hisob siyosatining muhim tarkibiy elementi hisoblanadi.