1. BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLIShNING ZARURATI VA AHAMIYATI
Schotlar rejasi – bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo‘llaniladigan schotlarning tartiblashtirilgan tizimi. O‘zbekiston Respublikasida schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma davlat ahamiyatiga molik me’eriy xujjat hisoblanadi. Ushbu me’yoriy hujjatni ishlab chiqish va joriy qilish Moliya Vazirligiga yuklatilgan.
Buxgalteriya hisobi schotlarini davlat tomonidan tartibga solishning zaruratlari
№
Zaruratlar
1
Buxgalteriya hisobi predmeti va uni tashkil qiluvchi ob’ektlarning mazmun va mohiyatini barcha korxonalar uchun yaxlitligi, ya’ni bir xilligi
2
Respublikamizda buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonunning hamma uchun yaxlitligi
3
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash, jamlash tartibi va texnologiyasining bir xilligi
4
Hisobot shakllari va ularning to‘lg‘azilishining hamma uchun bir xilligi va uni yaxlit holda davlat tomonidan tartibga solinishi
5
Schotlarning bevosita balans va hisobotning aniq moddalari bilan uzviy bog‘liqligining hamma uchun bir xilligi
6
Schotlarning tartib raqami va nomlarini barcha foydalanuvchilar uchun bir xillikda foydalanishning osonligi
7
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha kadrlarni universal tarzda, ya’ni keng tarmoq va sohalar uchun tayyorlash zarurati