Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi



Yüklə 250,21 Kb.
səhifə1/5
tarix05.04.2023
ölçüsü250,21 Kb.
#93532
  1   2   3   4   5
kurst ishi buxgalteriya


Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi
Reja
KIRISH
1. Schyotlar tizimi haqida tushuncha
2. Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlarga ajratish to‘g‘risida tushuncha
3. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va tuzilishiga ko‘ra turkum larga ajratish
4. SCHYOTLAR REJASI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Boshqalarni o‘qitib, o‘zimiz ham o‘rganamiz. Seneka Bozor iqtisodiyotining barpo bo‘lishi va rivojlanishi hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash buxgalteriya hisobining qo‘llanilish chegaralarini kengaytirmoqda. Chunki yangi hisob obyektlari va buning natijasi sifatida hisob axborotlaridan yangi foydalanuvchilar paydo bo‘ladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi oldida uni yangi sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha vazifalar paydo bo‘lmoqda. Hisob axborotlari hajmining doimiy o‘sib borishi, uning sifatiga zarar yetkazmasdan, buxgalteriya hisobi shakllari va uslublarini yanada takomillashtirib borishni, EHM yordamida dastlabki hisob axborotlarini ro‘yxatga olish va ishlov berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda. Bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida boshqaruvning axborot tizimi rivojlanmoqda. Uning asosini buxgalteriya hisobining axborot tizimi tashkil etadi. Bu axborot tizimining ajralib turuvchi belgilari: to‘- liqlik, hujjat bilan asoslanganlik, pul o‘lchovining qo‘llanilishi va boshqalar bo‘lib, hisob axborotlarini o‘zgartirish va boshqaruv apparatiga hamda har qanday darajadagi tashqi axborotdan foydalanuvchilarga yetkazish va umumlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga ular xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Buxgalteriya hisobi nazariyasi bizni o‘rab turgan moddiy dunyoning rivojlanish dialektikasiga, amaldagi iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarga, qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga tayangan holda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, uning uslubiyatini tashkil etuvchi usullarini hozirgi zamon boshqaruv talablariga mos ravishda o‘rganadi. Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyat, ilg‘or chet el va mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axborotdan foydalanuvchilarga har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etish imkonini beradi. Mazkur fanni o‘rganish jarayonida talaba avvalo, buxgalteriya hisobi uslubini mushohada qilishi va aqliy tafakkurdan o‘tkazishi lozim. Faqat shundagina uning mohiyatini o‘zlashtiradi va moliya-xo‘jalik hodisalarini o‘rganishning deduktiv usulini tashkil etuvchi keyingi bosqichga o‘tadi. Buxgalteriya hisobining nazariyasini o‘rganish bilan birga bu kasbning axloqiy (etika) masalalarini ham bilishingiz zarur. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, buxgalterlik judayam qadimiy va murakkab kasb, ammo uni egallash uchun tarixiy manbalar (qo‘lyozmalar)ni titkilash emas, balki o‘z ustingizda muntazam ishlash, amaliyotda bevosita shu kasb bilan shug‘ullanish, hujjatlar bilan ishlash kerak. Ba’zi bitiruvchilar bu kasb bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lganidan so‘ng amaliyotda ishlashga jur’at qila olmaydi, nazariyani mukammal o‘rganmagan ikkinchi bir toifalari esa amaliyotda biron-bir «oraliq ish»ni yoki ishning «bir bo‘lagi»ni o‘rganib olib, ularni nazariya bilan bog‘lay olmasdan, ya’ni buxgalterlik kasbini bir butun yaxlit tizim sifatida tushunib yetmasdan, «nazariya boshqa, amaliyot boshqa» (yoki «o‘qish boshqa, ish boshqa ekan») qabilidagi siyqasi chiqqan «qoida»ni takrorlab yuradilar. Faqat nazariya bilan shug‘ullanib, kitobiy ilmda ma’lum darajaga erishgan uchinchi bir toifa kishilar amaliyotda oddiy hisobchilikni ham bajara olmasligi mumkin. Darhaqiqat, «kitobiy olimlik ziynat, ammo u poydevor emas» (Mishel de Monten). Shuning uchun haqiqiy malakali buxgalter darajasiga yetishish buxgalteriya hisobining nazariyasini ham, uslubiyatini ham, amaliyotini ham mukammal va o‘zaro bog‘liqlikda bilishni taqozo etadi. Kitobning annotatsiyasi va muqaddimasini o‘qishingizning o‘zidayoq, Sizga oldin tanish bo‘lmagan, eshitgan bo‘lsangizda iqtisdoiy mohiyati murakkab tuyilgan tushunchalarga duch keldingiz. Jumladan, «aktivlar », «baholash», «kalkulatsiyalash», «inventarizatsiya», «hisob registrlari va shakllari», «hisob siyosati», «milliy va xalqaro standartlar» va h. Buxgalteriya hisobiga oid ushbu va boshqa tushunchalar kundalik hayotda quloqqa chalinshi, mazmun-mohiyatiga tushunib yetmasdan ishlatilishi mumkin. Shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasida maxsus bilim va malakaga ega bo‘lmagan odamlar tomonidan to‘liq ilmiyuslubiy asossiz, g‘aliz va hatto noto‘g‘ri izohlanishi ham mumkin. Bu kabi tushunchalar buxgalterlik ilmining tarixiy taraqqiyoti yo‘lida turli mamlakatlarda va turli davrlarda vujudga kelib, tadrijiy rivojlangan va maxsus ta’riflash hamda tavfsiflashni talab etadi. Ularni so‘zma-so‘z tarjima qilib, mohiyatini ochib bermaydigan so‘zlar bilan almashtirish maqsadga muvofiq emas. Ta’bir joiz bo‘lsa, «fanda shunday tushunchalar borki, ularning soddalashtirib bo‘lmaydi, soddalashtirilsa tushuntirib bo‘lmaydi». Shu bois, kitobning tegishli boblarida dastavval Воронцов В. Shuningdek, bu fanda qo‘llaniladigan atamalar mohiyati umuman fanning o‘zini chuqur egallash uchun «Buxgalterning izohli lug‘ati» (A.Sotivoldiyev, D.Sotivoldiyeva, D.Shodibekova) va boshqa maxsus lug‘atlardan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar kitobni shu joyigacha sabr bilan o‘qigan bo‘lsangiz, demak buxgalterlik ilmini va kasbini egallashga bel bog‘labsiz. Ilm olishdek sermashaqqat va xayrli ishda Sizga mustahkam iroda, iymon-e’tiqod va omad yor bo‘lsin. «Kimki ilm olgan bo‘lsa, payg‘ambar (as) dan to‘liq meros olibdi». Endi, yuqorida aytganimizdek, bu fanni ham nazariy, ham uslubiy, ham amaliy yaxlit tizim sifatida o‘zlashtirishingiz uchun quyidagi qoidalarga rioya qilishni tavsiya etamiz: - birorta ham mashg`ulotni qoldirmasdan, ma`ruzalarni to`liq konspekt qiling va keyin to`ldirib, mavzu (bob)ning mazmun-mohiyatini to`liq tushunib oling; - bilimingizni amaliy mashg`ulotda mustahkamlang, mustaqil ishlar bilan yanada rivojlantiring; - bitta mavzuni puxta o`zlashtirmasdan keyingisiga o`tib ketmang, mantiqiy bog`liqlik buzilmasin; - har bir modul yakunida mavzular o`rtasidagi mantiqiy bog`liqlikni, fan yakunida esa buxgalteriya hisobining yaxlit tizim ekanligini tushunib oling. Oliy ta`limning 230000 «Iqtisod» sohasi Davlat Ta’lim Standarti (DTS) 5233100 - «Agrosanoatda buxgalteriya hisobi» yo‘nalishining Malaka talablariga javob berishingiz hamda o`quv relasidagi keyingi mutaxassislik fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishingiz ustun darajada «Buxgalteriya hisobi nazariyasi»ni chuqur bilishingizga bog‘liq. Darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlari va ko‘rsatgan amaliy yordamlari uchun hamkasblarimiz hamda barcha xayrixoh kishilarga, xususan, kitob qo‘lyozmasini o‘qib, kamchiliklarini tuzatish hamda mazmun va shaklini boyitishda bergan maslahatlari uchun taqrizchilar i.f.d., professor A.K.Ibragimov, i.f.d., professor B.A.Hasanovlarga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.



  1. Yüklə 250,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin