Buxgalteriya hisobi tushunchasi


-jadval Buxgalteriya hisobining metodlar



Yüklə 72,69 Kb.
səhifə3/9
tarix09.06.2023
ölçüsü72,69 Kb.
#127919
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-jadval
Buxgalteriya hisobining metodlar

T/r

Usullar

Usullar ta’rifi

1

Hujjatlashtirish

Buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish

2

Inventarizatsiya

Korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish

3

Baholash

Xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish

4

Kalkulyatsiya

Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat)lar birligi tannarxini aniqlash

5

Schyotlar tizimi

Mablag‘lar tarkibi va joylashtirilishi, ularning manbalari bo‘yicha aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish

6

Ikkiyoqlama yozuv

Har bir xo‘jalik muomalasining summasi ikki marotaba: bir schyot debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq boshqa schyotning kreditida aks ettirish

7

Buxgalteriya balansi

Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari to‘g‘risidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish hamda pul bahosida umumlashtirish

8

Hisobot

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi

Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonadagi xo‘jalik mablag‘larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo‘jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo‘layotgan o‘zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.


“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi1ga binoan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va
boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi sub’ektlaridir”.
Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi.
Buxgalteriya hisobi quyidagi uchta funktsiyani bajaradi:
1) axborot yig’ish, umulashtirish, guruhlashtirsh hamda uni taqdim etish;
2) nazorat qilish;
3) boshqaruv qarorlarini qabul qilish.2
Bu funktsiyalarni bajarishda moliyaviy hisob har xil usullardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, moliya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan tizimning maqsadiga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalarini tushunib olish uchun uning ob’ektlarini bilib olish lozim bo‘ladi. Ushbu ob’ektlar quyidagi 4 ta guruhdan tashkil topgan:
1. Korxona mablag‘ (resurs)lari: mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav fondi (kapitali), boshqa har xil fondlar, kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezervi, korxonalar foydasi hisobidan tashkil qilingan har xil zaxira va hakozolar. Bu mablaglar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni uchun tegishli sharoit yaratib beradi.
2.Korxonalarda sodir bo‘layotgan muhim jarayonlar: tovar -moddiy boyliklarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar realizatsiyasi, kapital qurilish va boshqa jarayonlar.
3.Hisoblashish muomalalari: byudjet, mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridorlar, ishchi va xizmatchilar, davlat banki va boshqa banklar hamda boshqa tashkilot va shaxslar bilan hisoblashishlar.
4.Korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari: jamoaning daromadi, foyda va zararlari.
Ushbu ob’ektlarni o‘rganish va nazorat qilish jarayonida uning vazifalari yuzaga keladi.
Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yilgan talablar asosan quyidagilardan iborat:
-qat’iy bir xillik (unifikatsiyalanganlik);
-ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishini aksettiradigan ko‘rsatkichlarga asoslanishi;
-soliq solish bazasini va byudjetga boshqaajratmalarni to‘g‘ri hisoblash.
Jamiyatda moliyaviy hisob ma’lumotlaridan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o‘z navbatida uchta guruhga bo‘linadi:

  • korxona boshqaruvchilari;

  • moliyaviy manfaatdor shaxslar;

  • moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan shaxslar.

Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko‘rsatkichlar qiziqtiradi:

  1. Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi;

  2. Korxonaning likvidligi;

  3. O‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi;

  4. Aktivlarning aylanish tezligi;

  5. Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabelligi;

  6. Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda;

7.To‘langan dividendlarning hissasi (agar aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa).
Buxgalteriya hisobining predmeti3 – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq va to‘g‘ri aks ettirib borishdir. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining 17 predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.


  1. Yüklə 72,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin