Buxgalteriya hisobi tushunchasi


BHMS larning asosiy mazmunlari



Yüklə 72,69 Kb.
səhifə8/9
tarix09.06.2023
ölçüsü72,69 Kb.
#127919
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BHMS larning asosiy mazmunlari

1-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Milliy standarti 14.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 474, kuchga kirish sanasi 14.08.1998
2-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Milliy standarti 26.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 483, kuchga kirish sanasi 26.08.1998
3-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Milliy standarti 26.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 484, kuchga kirish sanasi 26.08.1998
4-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti “Tovar moddiy zaxiralari”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i, 2020 yil 30 iyunda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3259, kuchga kirish sanasi 30.06.2020
5-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti “Asosiy vositalar”.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i 20.01.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1299, kuchga kirish sanasi 30.01.2004
6-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Ijara hisobi”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i 24.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1946, kuchga kirish sanasi 04.05.2009
7-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Nomoddiy aktivlar”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i 27.06.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1485, kuchga kirish sanasi 07.07.2005
8-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’ba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 580, kuchga kirish sanasi 28.12.1998
9-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 04.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 519, kuchga kirish sanasi 04.11.1998
10-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Davlat subsidiyalarning hisobi va davlat yordami bo’yicha ko’rsatiladigan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 03.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 562, kuchga kirish sanasi 03.12.1998
11-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konsturoktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 581, kuchga kirish sanasi 28.12.1998
12-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Moliyaviy sarmoyalarni hisobga olish”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 16.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 596, kuchga kirish sanasi 16.01.1999
14-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Xususiy capital to’g’risida hisobot”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i 07.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1335, kuchga kirish sanasi 17.04.2004
15-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Buxgalteriya balansi”.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i 20.03.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1226, kuchga kirish sanasi 30.03.2003
16-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyi ngi xo’jalik faoliyatinining nazarda tutilmagan holatlari va yuz beradigan hodisalar”
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 23.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 578, kuchga kirish sanasi 23.12.1998
17-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti ”Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 23.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 579, kuchga kirish sanasi 23.12.1998
19-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti 02.11.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 833, kuchga kirish sanasi 02.11.1999
20-son BHMS. Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i 14.08.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2501, kuchga kirish sanasi 19.08.2013
21-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti ”Xo’jalik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i 23.10.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1181, kuchga kirish sanasi 02.11.2002
22-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i 21.05.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1364, kuchga kirish sanasi 31.05.2004
23-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish”
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i 27.06.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1484, kuchga kirish sanasi 07.07.2005
24-son BHMS. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisoboti ”Qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi”.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i 18.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1996, kuchga kirish sanasi 28.08.2009
Shaxsan o’zim buxgalteriya sohasiga qiziqqanligim va ushbu soha bo’yicha 4 oylik o’quv mkursida o’qib, a’lo bahoga bitirganligimdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, bizning sohamizda eng keng foydalaniladigan BHMS bu 21-sonli BHMS dur. To’g’ri barchasi o’rinli tuzilgan, biroq yuqoridagi BHMS da eng kerakli va eng kop foydalaniladigan ma’lumotlar keltirilgan. Buni o’z shaxsiy bilimimga, fikrimga asoslanib ayta olaman. Shunday ekan quyida ushbu 21-sonli BHMS haqida qisqacha ma’lumot bermoqchiman.
Ushbu standart mulkchilik shaklidan qat'i nazar xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar (bundan buyon – korxona) tomonidan, byudjet tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari, ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Asosiy tushunchalar:
Buxgalteriya schyoti - korxonalar iqtisodiy resurslarining holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi va ularga bo‘lgan talablar.
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga salьdoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passivlarga bo‘linadi.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayishi esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning krediti bo‘yicha, kamayishi esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv schyotning salьdosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyotning salьdosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balansdan tashqari schyotlar (Z) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
99 ta schotlar mavjud va ulardan tashqari 16 ta balansdan tashqari schotlar ham bor. Ular quyidagilar:
Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar (001)
“Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti korxona tomonidan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Mas'ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar (002)
“Mas'ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti mas'ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. “Mas'ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki schyot-fakturada ko‘rsatilgan baholarda hisobga olinadi.
“Mas'ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxonalar, turlari, navi va saqlash joyi bo‘yicha yuritiladi.
Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar (003)
“Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan to‘lanmaydigan va qayta ishlash uchun berilgan buyurtmachining xom ashyo va materiallarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qo‘shimcha ishlov berish (buyurtmachining xom ashyo va materiallarining qiymatidan tashqari) xarajatlarining hisobi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yuritiladi.
Komissiyaga qabul qilingan tovarlar (004)
“Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti shartnomaga muvofiq komissiyaga qabul qilingan tovarlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schyotdan komissioner korxonalar foydalanadi. Komissiyaga qabul qilingan tovarlar 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan narxlarda hisobga olinadi. “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob tovarlarning turlari va korxona - komitentlar bo‘yicha yuritiladi. O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar (005)
“O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti pudratchi korxonalar tomonidan montaj uchun buyurtmachidan olingan barcha turdagi uskunalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schyotdan pudratchi korxonalar foydalanadi. “O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotida buyurtmachi tomonidan tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan bahoda hisobga olinadi. “O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti bo‘yicha analitik hisob alohida ob'ektlar yoki agregatlar bo‘yicha yuritiladi.
Qat'iy hisobot varaqlari (006)
“Qat'iy hisobot varaqlari” schyoti saqlanayotgan va hisobdorlik asosida beriladigan kat'iy hisobot varaqlari - patta daftarchalari, guvohnoma blanklari, diplomlar, turli abonementlar, talonlar, tovarlarni kuzatib boruvchi hujjatlarning varaqlari va shu kabilarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Qat'iy hisobot varaqlariga kiritiladigan hujjatlar ro‘yxati, ularni saqlash va foydalanish tartibi korxona tomonidan o‘rnatiladi. “Qat'iy hisobot varaqlari” schyoti bo‘yicha analitik hisob qat'iy hisobot varaqlarining har bir turi va ularni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.
To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi (007)
“To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti qarzdorlarning to‘lashga qobiliyatsizligi tufayli zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining holati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday qarz hisobdan chiqarilgan paytidan boshlab besh yil davomida qarzdorlarning mulkiy holati o‘zgargan vaqtda qarzni undirib olish imkoniyatini kuzatib borish uchun balansdan tashqari schyotda hisobga olinishi lozim.Ilgari zararga hisobdan chiqarilgan qarzni undirib olish natijasida kelib tushgan summaga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bog‘langan holda debetlanadi. 007 “To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor bo‘yicha yuritiladi.
Majburiyatlar va to‘lovlarni ta'minlash - olingan (008)
“Majburiyatlar va to‘lovlarni ta'minlash - olingan” schyoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta'minlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. 008 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta'minlash - olingan” schyotida hisobga olingan ta'minot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
Majburiyatlar va to‘lovlarni ta'minlash - berilgan (009)
“Majburiyatlar va to‘lovlarni ta'minlash - berilgan” schyoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta'minlash bo‘yicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.Agar, kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 009 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta'minlash - berilgan” schyotida hisobga olingan ta'minot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar (010)
“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar” schyoti moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk (011)
“Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk” schyoti ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.“Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk” schyotidan ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklar shartnoma muddati tugashi bilan egasiga qaytarilganda hisobdan chiqariladi. “Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk” schyoti bo‘yicha analitik hisob ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulkning har bir ob'ekti bo‘yicha yuritiladi.
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar (012)
"Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar" schyotida mazkur hisobot davridagi soliq solinadigan bazaga kiritiladigan, biroq keyingi hisobot davrlaridagi soliq solinadigan foydadan chegiriladigan xarajatlar aks ettiriladi.
Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha) (013)
“Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti vaqtinchalik soliq solishdan ozod etilgan, maqsadli ishlatilishi ko‘zda tutilmagan bo‘shagan mablag‘larning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.Byudjetga to‘lovning har bir turi bo‘yicha hisoblangan bo‘shagan mablag‘lar summasi “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyotining debetida aks ettiriladi
Foydalanishdagi inventor va xo‘jalik jihozlari (014)
“Foydalanishdagi inventarь va xo‘jalik jihozlari” schyoti foydalanishdagi inventarь va xo‘jalik jihozlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati to‘liq ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga olib boriladi va bir vaqtning o‘zida 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida aks ettiriladi.
Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) bo‘yicha olingan mulk (015)
“Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat)bo‘yicha olingan mulk” schyoti oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) ishtirokchilariga tegishli va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun olingan mulklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni birgalikdagi faoliyat ishonchli shaxsida umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar (016)
“Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” schyoti xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan vaqtinchalik foydalanish uchun olingan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Huquq egasi va foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi, mualliflik shartnomasi va boshqa shu kabi xo‘jalik yurituvchi sub'ektga nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini beruvchi va qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar (masalan, huquq egasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'ektga tovar belgisidan aniq muddat mobaynida, aniq hududda foydalanish huquqini, mahsulot ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqaruvining texnologik dasturidan foydalanish huquqi, sanoat namunasidan foydalanish huquqini va boshqa shu kabi huquqlarni berish.) asosida nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini olish bilan bog‘liq operatsiyalar foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar balansdan tashqari schyotining debetida aks ettiriladi.
Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar qaytarilganda 016 “Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” balansdan tashqari schyoti kreditlanadi.
“Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob huquq egasi va foydalanish huquqi bo‘yicha olingan har bir nomoddiy aktivlar ob'ekti bo‘yicha yuritiladi.
Xulosa
Buxgalteriya hisobi barcha fanlar va san ’atlardan yuqori turadi, chunki hamma unga muhtojdir, u esa hech kimga muhtoj emas. Buxgalteriya hisobisiz dunyoni va jamiyatni boshqarish mumkin emas, usiz odamlar bir-birini tushuna olmaydi.
B.Solazano
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan buxgalteriya hisobi tizimi ham isloh qilishni boshladi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqazo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.
Respublika buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi oldidagi eng muhim vazifalardan biri – bu buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish tartibini imkon qadar xalqaro talablar darajasiga muvofiqlashtirib borishdan iboratdir. Chunki, xohlaymizmi, yo’qmi biz jahon globallashuv jarayoni davrida yashamoqdamiz, o’z navbatida buxgalteriya hisobi xalqaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda “biznes tili” sifatida tan olingan.
Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonaning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki tashkiliy-uslubiy hujjatlar to‘plami. Bu tizim elementlari yuqoridan pastga qarab bir –biriga asosan tuziladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga asosan, shu qonunga zid bo‘lmagan holda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari esa Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―”Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” ishlab chiqarishning huquqiy – me‘yoriy va uslubiy asosi hisoblanadi.So‘ngra yuqoridagi uchta pog‘onaning mantiqiy davomi Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonalarning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki hujjatlar to‘plami shakllantiriladi. BHMSlar quyidagi qismlardan tashkil topgan. Standart nomi, umumiy qoidalar, standartning maqsadi, amal qilish sohasi, qo‘shimcha axborot, asosiy tamoyillar, standart tarkibiga kiruvchi tushunchalar. BHMSlarning qo‘llanilishidan asosiy maqsad Buxgalteriya hisobini yuritish usullarini to‘liq va haqqoniy qo‘llanilishi va ularni yuritishda yuz beradigan kamchiliklar ichiga kirib borish, o‘z navbatida ushbu kamchiliklarni bartaraf etishdir. BHMSlar asosida olib boriladigan korxona siyosati nechog‘lik aniq va lo‘nda tuzilsagina xo‘jalik yurutuvchi sub‘ekt faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, shunchalik aniq bo‘ladi. BHMSning ahamiyati shundaki, buxgalteriyada sodir bo‘ladigan har bir muomala standartlardan chetda qolmaydi, bu muomalalarni hisobga olishda tegishli standartlardan foydalaniladi, qolaversa korxona faoliyatining ko‘zgusi bo‘lgan moliyaviy hisobotni tayyorlashda va uni tekshirishda tegishli xulosalar yoziladi, undagi ma‘lumotlarni tahlil qilishda foydalaniladi.
Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki, Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos ortib borishi, boshqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xalqaro standart talablariga to’liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi ko’rsatib o’tilgan.

Yüklə 72,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin