Buxgalteriya hisobi tushunchasi



Yüklə 72,69 Kb.
səhifə1/9
tarix09.06.2023
ölçüsü72,69 Kb.
#127919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9






Reja:

bet:




Kirish

3

1.

Buxgalteriya hisobi tushunchasi

5

2.

BHMS ning tashkil topish bosqichlari va tarkibi

13

3.

BHMS larning asosiy mazmunlari

20




Xulosa

29




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

31



Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Keyingi yillar mobaynida halqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonIi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayotining barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi1. Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish maqsadida qabu) qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir. Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining fovdalilik darajasini doimo tahlil etib, oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur.
Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo'lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining talablari bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi. Boshqa fanlar kabi «Buxgalteriya hisobi» fani ham o‘z tarixi, vazifalari, predmeti, obyekti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining hisob tizimidagi muammolardan bin - an’anaviy «Buxgalteriya hisobi» fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta ko‘rib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir. Bizga ma’lumki, hozirda buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog‘liq «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Buxgalteriya hisobi» va «Moliyaviy hisob» kabi qismlarga bo’linadi.
Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy ma’limotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o'xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar kelajakda professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblarni egallashga intilayotgan, qiziquvchan, fidoiy, pragmatik hamda zukko talabalar uchun zamonaviy talablarga javob bera oladigan darslik yaratish lozim.
Boshqa fanlar kabi «Buxgalteriya hisobi» fani ham o‘z tarixi, vazifalari, predmeti, obyekti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining hisob tizimidagi muammolardan bin - an’anaviy «Buxgalteriya hisobi» fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta ko‘rib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir.
Ushbu yozayotgan kurs ishim ham aynan buxgalteriya sohasiga bag’ishlanadi. Hozirgi kunda yurtimizda foydalanib kelinayotgan “Buxgalteriya hisobi milliy standartlari” (BHMS) ning tuzilishi, undagi qonun va hujjatlar, qachon va qaysi qonunga asosan tashkil topganligi haqida qisqacha yoritmoqchiman.


  1. Yüklə 72,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin