9.4. Buxgalteriya hisobi shakllari. Buxgalteriya hisobining shakli deb, o’zaro bir-biri bilan bog’langan hisob registrlari hamda ularda yozuvlarni olib borish tartibiga aytiladi. Registrlarning tashqi ko’rinishi, ularning tarkibiy tuzilishi, sintetik va analitik registrlarning o’zaro bog’lanishi, dastlabki hisob axborotini olishda va ishlashda, uning hisob registrlariga yozishda qo’llaniladigan texnika - mana shularning barchasi buxgalteriya hisobining ayrim shakllarining xususiyatlarini belgilab beradi.
Daftarlardan foydalanishga asoslangan buxgalteriya hisobining shakllari shunday yo’l bilan rivojlangan edi. Ulardan birinchisi dastlab Italiya olimi Luka Pacholi tomonidan 1494 yilda Venesiyada chop etilgan «Schyotlar va yozuvlar to’g’risidagi traktat» kitobida yoritilgan edi.
XX asrning boshida, yirik ishlab chikarishning rivojlanishi sharoitida hisobga bo’lgan talab ancha oshdi. Daftarlar o’rniga registrlarning yangi shakllari - kartochkalar, bo’sh varaklardan foydalanish o’rtaga tashlanib, ular hisob mehnatini yengallashtirib, ilgari mehnatni juda ko’p talab kiladigan ishlarni soddalashtirish qayta - qayta ko’chirish ishlarini bartaraf qilish imkoniyatlarini va pirovardida hisobda mashinali texnikadan foydalanish sharoitlarini yaratib berdi.
Markazlashtirilgan boshqaruv sharoitida yaratilgan hisobning shakllaridan eng birinchisi 1925 -1927 yillarda keng tarqalgan kartochka - orderli shaklidir.
Kartochka - orderli shaklida qayta - qayta ko’chirish ishlarini kiskartirish maksadida nusxa ko’chirish (kopirovka) yordamida bir necha nusxada tuziladigan orderlar kiritilgan edi. Har bir operasiyaga aloxida order yozib berilib, unda ushbu jarayon bo’yicha buxgalteriya yozuvi va uning kiskacha izohi berilar edi.
Orderlar uch nusxada yozilib, ular keyinchalik sintetik hisobning xronologik yozuvi, analitik hisobning debetli va kreditli yozuvlari uchun ishlatilardi. Bu narsa ushbu registrlardagi yozuvlarni orderlarning tegishli nusxalari joy - joyiga terib qo’yiщ bilan almashtirish imkonini berdi. Orderning birinchi nusxasi xronologik hisob registrlarida (kassa orderlari yoki memorial orderlarda) tikib qo’yilar, ikkinchi va uchinchisi esa - debetlanadigan va kreditlanadigan schetlar analitik hisobining tegishli kartochkalarida taxlab ko’yilardi.
Qayta - qayta ko’chirishni kiskartirishga intilish turlashtirilgan orderlarning (ularda operasiyalarni izohlovchi matn oldindan bosib yozilgan -«Turlashtirilgan» bo’ladi) yaratilishiga olib keddi. Bosh kitobdagi yozuvlar yig’ma jurnal asosida qilinar edi.
Lekin hisobning bu shakli amaliyotda keng ko’llanishga erisha olmadi, chunki har bir operasiyaga aloxida orderning berilishi mehnatni kamaytirish o’rniga, uning sarfini oshirib yubordi va hisob registrlarining tasviriyligini yomonlashtirib qo’ydi. Shularning hammasi hisobni rasionalizasiya qilishning boshqa yo’llarini izlashga majbur etdi.
Kartochka - orderli shaklning negizida 1927 yilda birinchi marta savdo fermer xo’jaliklarilarida qo’llangan kartochkali - nusxa ko’chirit («kopiruchyot») shakli yaratildi.
Bu shaklning negiziga analitik hisob kartochkalariga va sintetik hisob jurnallariga bir vaqtning o’zida nusxa ko’chirish yo’li bilan yozish tamoyili qo’yilgan edi. Bu hisobning shaklida har bir jurnal, odatga ko’ra, bir necha turdosh schyotlar bo’yicha yozuvlarni o’z ichiga olar edi. Masalan, barcha hisob -kitob schyotlari bo’yicha yozuvlarni birlashtiruvchi jurnallar yuritilar edi. Hyech qanday orderlar tuzilmas va barcha yozuvlar bevosita hujjatlarning o’zidan amalga oshirilar edi. Bu bilan hisob ma’lumotlarining hujjatlardagiga to’g’ri kelishiga erishilar edi. Korrespondensiyalantiruvchi schyotlarning raqamlari hujjatlarga maxsus muhr bilan qo’yilar edi.
Bosh daftar kundalik nazorat vedomosti bilan almashtirilib, u har bir schyotining ichida u bilan korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo’yicha yozuvlarni guruhlashni ta’minlar edi. Nazorat vedomostidagi yozuvlar har kunning oxirida jurnallardagi yezuvlar bilan solishtirib tekshirilar, bu esa o’z navbatida hisobotlarni tuzishni tezlashtirar, xatolarni topishga sarflanadigan vaqtni qisqartirar va kundalik balans tuzish imkoniyatini yaratar edi.