Buxgalteriya hisobi


Yozuvlarning xarakteriga qarab



Yüklə 359,05 Kb.
səhifə45/73
tarix20.12.2022
ölçüsü359,05 Kb.
#76576
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bux.his.ish.daftar 1-qism

Yozuvlarning xarakteriga qarab hisob registrlari xronologik va tizimli (sistematik) turlarga bo’linadi.
Xronologik registrlar hujjatlarni ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan. Ulardagi yozuvlar xronologik tartibda yoki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushish paytiga qarab amalga oshiriladi. Bu yerda ro’yxatga olinayotgan ma’lumotlarning hyech handay guruhlanishi amalga oshirilmaydi.
Bir turdagi operasiyalar bo’yicha hujjatlarni ro’yxatga olish uchun xizmat qiladigan vedomostlardan tashqari xronologik registrlarga turli jurnallar (masalan, ro’yxatga olish jurnali) kiradi.
Tizimli (sistematik) registrlar xo’jalik operasiyalarini ma’lum guruhlash (sistemalash) uchun mo’ljallangan. Ularda maxsus ustunlar bo’lib, ularga tegishli operasiyalarning summalari yozib qo’yiladi.
Xronologik yozuv registrlariga misol keltiramiz:
Mahsulotni jo’natish va sotish vedomosti

To’lov talabnomasi

Xaridor buyurtmasi yoki to’lovchi

Nomlari bo’yicha miqdor

To’lov talabno-masidagi summa.

To’langan

Sana



A buyumi

B
Buyumi

va h.k

Sana

Summa

01.06
02.06
04.06
07.06

168
169
170
171

“Mikond”A.J.
“Zenit” A.J.
“Zenit” A.J. “Mikond”A.J.

200
100
100
200

50
-
50
-

-
-
-
-

12000
5000
7000
10000

12.06
19.06
24.06

2000
5000
7000

Iyunda jami

95000

6250

-

78500

-

56000

Sintetik registrlarga mahsulot ishlab chiqarish va sotishning analitik hisob schyotlarining shakllariga operasiyalarning u yoki bu tartibda guruhlanadigan barcha registrlar kiradi.


Hozirgi paytda xronologik va tizimli yozuvlarni bir martalikda olib boradigan turli-tuman aralash (kombinasiyalashtirilgan) registrlar tobora keng tarqalmoqda.
Fermer xo’jaliklarida tizimli hisob «Bosh jurnal» deb nomlanadigan registrlarda yuritilishi mumkin. Unda yozuvlar varaqning yuzida (birinchi betida) ham xronologik, ham tizimli tartibda yuritilishi mumkin.
Aralash registrlar sintetik va analitik hisobni bir martalikda yuritish yo’li bilan ham tuzilishi mumkin.
200_ yil dekabridagi «Hisob-kitob» schyotining debeti bo’yicha oborot vedomosti

Bosh daftar bo’yicha oy boshiga soldo 312500 so’m

Qator №

Yozib berish sanasi

Schyotlarning kreditida

Jami

Sotildi.

Kassa

Har xil debitor va kreditorlar b-n h/klar

Bankning qisqa muddatli kreditlari

Foyda va zararlar

Boshqalar




1

06

6800

2400

-

5000

-




14250

2

10

48500

4210

1500

-

-




24210

3

15

21000

-

-

-

1650




11650

Aralash registrlardan foydalanish xronologik va tizimli ma’lumotlarni yoki sintetik hamda analitik hisob ko’rsatkichlarini bir martalikda bir ish amalida olish imkonini beradi. Shuningdek, hisobli ro’yxatga olish ishlarining hajmini qisqartirib, uni ancha yaqqollashtiradi. Uning afzalliklari aynan mana shundadir.




9.3. Registrlardagi xato yozuvlar tuzatish usullari.Hisob registrlarida yozuvlarni olib borish.
Buxgalteriya hisobida yo’l qo’yilgan xatolar, albatta, to’g’rilanishi shart. Xato yozuvlarni tuzatish hisobda alohida metodologik masalani tashkil etadi va «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi. Lekin xato yozuvlarni to’g’rilashning nazariy va amaliy imkoniyatlari normativ hujjatlar bilan belgilangan doiradan kengroq.
Tuzatish usullari yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlangan vaqti va qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq.
Agar xatolar davriy hisobotni soliq organlariga topshirilgunga qadar aniqlangan bo’lsa, xato yozuvni to’g’risiga almashtirish yo’li bilan to’g’rilanadi.
Xato yozuvlarni almashtirish deb quyidagilar tushuniladi:
a)Hisobning daftar shaklida - tozalash, suvash, ustidan chizish, izohlangan tuzatish va boshqa tuzatish usullari;
b)Hisobning avtomatlashgan shaklida - bevosita olib tashlash yoki taxrir
qilish yo’li bilan noto’g’ri yozuvni to’g’risiga almashtirish.
Xato yozuvlarni to’g’rilashda u yoki bu usulni qo’llash aniq vaziyatga bog’liq.
Mazmuni operasiya ma’lumotlardan iborat bo’lgan ayrim hujjatlarda xato raqamni o’chirib yoniga to’g’risini yozish yetarli.
Agar o’chirish, suvash yoki ustidan chizish imkoniyati bo’lmasa, tuzatilgan raqamga shunday izoh beriladi: « ga tuzatilganligi ishonilsin», «qo’shib yozilgan ga ishonilsin» yoki «ustiga chizilgani o’qilmasin» deb tegishli lavozimli shaxsning imzosi qo’yiladi, ayrim hollarda muhr ham bosiladi.
Xato yozuvlarni bunday usullarda ma’lum vaqtlargacha to’g’rilash mumkin. Bu vaqtni shartli ravishda qaytish nuqtasi deymiz. Xatolarni tuzatish bo’yicha qaytish nuqtasi deb, ma’lum sana emas, balki davriy hisobotni soliq organiga topshirish kuni hisoblanadi. Davriy hisobotni soliq tashkilotiga topshirish qonunchilik bilan tartibga solinganligi uchun qaytish nuqtasi soliq davrining boshlanish kuni bilan hisobotni soliq organiga topshiriladigan oxirgi kun orasida bo’ladi. Ma’lumki, hisobot haqiqatan topshirilgandan so’ng uni qaytarishning iloji yo’q.
Agar xatolar qaytish nuqtasidan o’tgandan keyin aniqlangan bo’lmasa, to’g’rilash operasiyalarini berish yo’li bilan tuzatiladi (albatta, ayrim xatolar bo’yicha provodkalar berilmaydi. Masalan, hisobot davridan oldingi chorakda sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha xatoga yo’l qo’yib kafolat muddati ko’rsatilmagan ekan, buni tuzatish uchun qyech qanday qo’shimcha operasiya talab qilinmaydi. Bu xato tahririy usul bilan tuzatiladi).
I
Yüklə 359,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin