Buxgalteriya hisobi


Hujjatlarni turkumlanishi va xo’jalik operasiyalarini



Yüklə 359,05 Kb.
səhifə38/73
tarix20.12.2022
ölçüsü359,05 Kb.
#76576
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bux.his.ish.daftar 1-qism

8.2.Hujjatlarni turkumlanishi va xo’jalik operasiyalarini
hujjatlashtirish.
Fermer xo’jaliklarilarda sodir bo’ladigan operasiyalar o’zlarining mazmunlariga ko’ra har xil bo’ladi. Hujjatlar o’rtasidagi farqlar, shuningdek, ulardan hisob ishlarida foydalanishning xususiyatlari bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri qo’llash uchun ularning barcha turlarini yaxshi bilib olish kerak bo’ladi. Buning uchun hujjatlarni ma’lum bir xususiyatiga qarab tasniflash zarur.
Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi:
♦ qanday maqsadlarga tayinlanganligiga;
♦ tuzish tartibi va operasiyalarni qamrab olishligiga.
Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish isbotlovchi (tasdiqlovchi) buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinasiyalashtirilgan) turlarga bo’linadi.
Farmoyish deb, u yoki bu xo’jalik operasiyalarini bajarish to’g’risidagi buyruq (farmoyish)ga ega bo’lgan hujjatlarga aytiladi. Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi rahbar xodimlarning topshirig’i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan iborat. Isbotlovchi (yoki bajaruvchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan operasiyalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular operasiyalar sodir bo’lish daqiqasida tuziladi va ushbu operasiyalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo’lib kirim orderlari hisoblanadi.
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni yengillashtirish, qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - kitoblar (masalan, kalkulyasiya), turli-tuman buxgalteriya ma’lumotlari va shu kabilar kiradi.
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa schyotga o’tkazish kerak bo’lganda, u yopishni rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash hollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo’lgan ehtiyoj juda ko’p uchraydi. Shuning uchun unga o’xshash ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri, amalga oshirilgan operasiyalar bo’yicha schyotlar korrespondensiyasi mazkur operasiyani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog’ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko’rsatilishi hisoblanadi.
Aralash (kombinasiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo’shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo’nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo’nakdan qilingan xarajatlarni ko’rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro’yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko’rsatilgan holda hisobdor shaxs tomonidan bo’nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo’lgan hollarda shu betning o’zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko’rsatiladi.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.
Dastlabki hujjat deb sodir bo’lib o’tgan operasiyalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. U
Yüklə 359,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin