Choraklik buxgalteriya hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan taqdim etiladi. Yarim yillikning buxgalteriya hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.
Konsolidatsiyalashgan buxgalteriya hisoboti. Buxgalteriya hisobotni tuzish amaliyotini takomillashtirish.
Eng bosh kompaniya
Konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishga obyektiv zaruriyat tug’iladi, qaysiki ushbu hisobotda aksiyadorlar ham boshqa axborot foydalanuvchilar ham bosh kompaniya va sho’ba kompaniyalar faoliyati natijalarini yagona kompaniya sifatida ko’ra olishlari kerak bo’ladi. Shu bois, aksiyadorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida har qanday bosh kompaniya o’zining hisobotidan tashqari alohida konsolidatsiyalashgan buxgalteriya hisobotlarini tuzishlari talab etiladi. Konsolidatsiyalashgan buxgalteriya hisobot tuzadigan kompaniyalar guruhiga bosh kompaniya hamda u tomonidan nazorat qilinadigan barcha sho’ba kompaniyalar kiradi. Bosh kompaniyaning strukturasini quyidagi 2.1–rasm orqali ifodalashimiz mumkun:4