136
9. Chorvachilikka qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni
hisobga olishda
qanday hujjatlar qo‘llaniladi?
10. O‘stirilayotgan va bo‘rdoqiga boqilayotgan chorva mollarning analitik
hisobi qanday olib borilaadi?
11. O‘stirilayotgan va boqilayotgan chorva mollari
hisobining obyektlariga
nimalar kiradi?
12. O‘stirilayotgan va boquvdagi hayvonlarga qilingan xarajatlar va ulardan
olingan mahsulotlar qanday hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi?
13. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari qaysi schyotda hisobga olinadi?
14. Sanoat va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jaliklar
qanday
faoliyat bilan shug‘ullanadilar?
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN
TEST SAVOLLARI
1. Qishloq xo‘jaligi nechta asosiy tarmoqqa bo‘linadi?
A. 3 ta
B. 4 ta
C. 5 ta
D. 6 ta
2. Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish uchun urug‘ sarflandi.
Buxgalteriya provodkasini aniqlang.
A. D-t 2010 K-t 1010
B. D-t 2010 K-t 6710
C. D-t 2010 K-t 6510
D. D-t 2010 K-t 0211
3. Chorvachilikdagi organik o‘g‘itlar dehqonchilikka sarflandi.
Buxgalteriya provodkasini aniqlang.
A. D-t 2010 K-t 2010
B. D-t 1010 K-t 2010
C. D-t 2010 K-t 6710
D. D-t 2010 K-t 1010
4. Yosh mollarni hisobga olish jurnali. Ushbu hujjat qaysi tarmoqqa
tegishli?
A. Sanoatga
B. Qishloq xo‘jaligiga
C. Xizmat ko‘rsatishga
D. Chorvachilikka
5. Chorvachilikning yakuniy ma’lumotlarti qaysi jurnal orderga qayd
etiladi?
A. 4–
jurnal-orderga
B. 5– jurnal-orderga
C. 2– jurnal-orderga
D. 10– jurnal-orderga