«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
IX BO‘LIM TAYYOR MAHSULOT VA UNI SOTISHNING HISOBI 9.1. TAYYOR MAHSULOT VA UNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI Tayyor mahsulot deb, barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib tayyor
holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob
beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan
mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun
bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab
chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar
kiritiladi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor
mahsulot, uni ortib jo‘natish va realizatsiyasi hisobi alohida o‘rin tutib,
ularning vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Tayyor mahsulot xarajati bilan bog‘liq hamma xo‘jalik opera-
tsiyalarini hisobda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.
2. Ombordagi zaxiralar holatini va butligini saqlash.
3. Ish va xizmatlarning bajarish hajmi, tayyor mahsulot ishlab
chiqarish bo‘yicha uzluksiz nazorat o‘rnatish, ortib jo‘natilgan va
yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtida
to‘g‘ri rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblarni aniq tashkil
etish.
4. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajmi bo‘yicha shartnoma
mol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish.
5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab
chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan (davr xarajatlari) haqiqiy
xarajatlarni o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir
maromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil
qilishga, hujjatlarni vaqtida rasmiylashtirishga bog‘liq.
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarish-
dan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan
hisob-kitoblarni aks ettiradi.