«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
10.2. USTAV FONDINING TASHKIL ETILISHI VA UNI HISOBGA OLISHNING XUSUSIYATLARI Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarda belgilangan korxona mulkini
tashkil etishda, uning faoliyatini bir maromda yurgizishda ta’sischilarning
(qatnashchilarning) pul ifodasida qo‘ygan mablag‘larining (ulushlari,
nominal qiymatidagi aktsiyalari) yig‘indisidan iborat.
Ustav kapitalining hajmi ustavdagi ro‘yxatdan o‘tkazilgan summadan
oshib ketishi mumkin emas. Korxona Ustav kapitalining ko‘payishi yoki
kamayishi faqat ta’sischilar qarori bilan korxona Ustavi va boshqa ta’sis
hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi
mumkin.
Ustav kapitalining holati va harakati passiv 8510 – «Ustav kapitali»
(fondi) schyotida hisobga olinadi va quyidagi subschyotlardan iborat:
8310-«Oddiy aksiyalar».
8320-«Imtiyozli aksiyalar».
8330-«Ulushlar va omonatlar».
Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo‘jalik yurituvchi
subyektning har bir ta’sischisi bo‘yicha alohida yuritiladi.
8510-«Ustav kapitali» (fondi) schyoti boshqa schyotlar bilan quyi-
dagicha aloqada bo‘ladi.
Schyotlar aloqasi D K 1
Ustav kapitalining tasdiqlanishi subyekt ro‘yxatdan
8310
o‘tkazilgandan keyin ta’sis hujjatlarida ko‘rsatildi
4610
8320
8330
2
Taqsimlanmagan foydaning bir qismi ustav kapitalini
8310
ko‘paytirishga o‘tkazildi
8710
8320
3
Ustav kapitalining kamayishi, aksiyaning nominal
8310
qiymatining kamayishi, korxona ta’sischilariga
8320
6620
ulushlarning qaytarilishi aks ettiriladi
8330
5
Ustav kapitalining to‘langan kapital o‘lchamiga
8310
kamayishi aks ettirildi
8320
4610
8330