Buxgalteriya hisobi


 Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar)



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

2. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) – mahsulot sotishdan
olingan boshqa daromad yoki zararni qo‘shish yoxud ayirish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda = mahsulot sotishdan olingan
yalpi foyda, boshqa daromadlar (zararlar) 9310–9390 schyotlarining
kredit summalari – davr xarajatlari 9410, 9420, 9430, 9440-schyotlarining
debetida jamlangan summalar ijobiy summa foydani, salbiy esa zararni
ko‘rsatadi.
3. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) – asosiy
faoliyatdan olingan foydaga dividendlar bo‘yicha daromad qo‘shiladi,
chet el valutasi muomalalari bilan bog‘liq daromad yoki zararlar qo‘shib
yoxud ayriladi va foizlar bo‘yicha xarajatlar olib tashlanadi.
Umumxo‘jalik faoliyati foydasi = asosiy faoliyat foydasi + 9510-
9590-schyotlarining kredit jamlanmasiga moliyaviy faoliyatdan olingan
daromadlar – 9610–9690-schyotlarining debet oboroti moliyaviy faoliyati
bo‘yicha sarflar, ijobiy farq foydani, salbiy farq esa zararni ko‘rsatadi.
4. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar) – umumxo‘jalik
faoliyatidan olingan foyda + 9710 schyotning kreditida jamlangan
favquloddagi foyda – 9720-schyotining debetida jamlangan favquloddagi
zarar, ijobiy farq foydani, salbiy farq zararni bildiradi.
5. Yilning sof foydasi (zarari) – soliqlar to‘langandan keyin
korxona ixtiyorida qoladigan ko‘rsatkichdir. Soliqlar to‘langungacha
foydadan (daromaddan) soliqlar va boshqa biror yerda hisobga olinmagan
soliq hamda to‘lovlar chiqarib tashlanadi.
Yilning sof foydasi = soliq to‘langunga qadar foyda – 9810–9830-
schyotlarning debetida jamlangan foydadan soliq, obodonlashtirish uchun
va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun ajratmalar farqidan iborat.
Shunday qilib yilning sof foydasi (zarari) - mahsulotni sotishdan
olingan daromad (9010–9030) – sotilgan mahsulotning tannarxi (9110–
9130) + boshqa daromadlar (9310–9390) – davr xarajatlari (9410–9430)
+ moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (9510–9590) – moliyaviy
faoliyat bo‘yicha sarflar (9610–9690) ± favquloddagi foydalar va zararlar
(9710–9720) – foydadan soliqlar (9810–9830). Bu foyda yoki zarar
9900-schyotning debet aylanmasi bilan kredit aylanmasidan iboratdir
va moliyaviy faoliyat bo‘yicha hisobotning oxirgi qatorida aks ettiriladi.
Yilning oxirida daromadlar va sarflarni hisobga oluvchi vaqtinchalik
schyotlar (9010–9030; 9110–9130, 9310–9390, 9410–9440, 9510–9590,


175
9610–9690, 9710–9720, 9810–9830) yopiladi va natijalari 9900-schyotga
o‘tkaziladi. Uning qoldig‘i hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar) 8710-schyotiga o‘tkaziladi.
Yakuniy moliyaviy natijalarning sintetik hisobi aloqasi quyidagicha
aks ettiriladi:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin