99
bo‘lim yoki sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi, so‘ngra tabelchi
tomonidan buxgalteriyaga ish haqini hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan
boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaning ish haqini
hisoblash bo‘limiga topshiriladi. U buxgalteriya xodimlari tomonidan
tekshiriladi, so‘ngra qayta ishlash uchun mashina hisoblash byurosiga
yoki mashina hisoblash stansiyalariga yuboriladi.
Boshlang‘ich hujjatlarni qayta ishlash deyilganda ishchining bajargan
ishini ishbay narxiga ko‘paytirish yo‘li bilan ish haqini hisoblash
tushuniladi.
Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabel raqamlari buxgal-
teriyada sexlar bo‘yicha guruhlanadi va ishchining ish haqi uning shaxsiy
schyoti yoki varaqalariga yozib boriladi.
Ish haqi va boshqa hisob ishlari hisoblash mashinalari yordamida
bajarilgan korxonalarda qayta ishlangan boshlang‘ich hujjatlardagi
ma’lumotlar asosida quyidagilar tuziladi:
1. Hisoblash vedomosti.
2. Hisoblangan ish haqini ishlab chiqarish schyotlari va xarajat
moddalari o‘rtasida taqsimlash vedomosti.
3. Ish haqi sarfi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va
boshqalar.
6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisobla-
shishlar» schyotining analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha ayrim
ochilgan shaxsiy schyotda yuritiladi va kategoriyalari hamda ishlagan
joylari yuzasidan guruhlashtirilib boriladi.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha quyidagi dastlabki hujjatlar to‘l-
g‘aziladi:
Dostları ilə paylaş: