«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI 1. Buxgalteriya hisobida mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy
vazifalari nimadan iborat?
2. Xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra qanday guruhga bo‘linadilar?
3. Xalq xo‘jaligida ishchilarga nimaga asoslanib haq to‘lanadi?
4. Tarif tizimi tarif setkasi, tarif stavkasi va tarif koeffitsientini izohlab bering.
5. Mehnatga haq to‘lashning qanday shakllari mavjud?
6. Ish haqi tarkibiga qanday to‘lovlar kiradi?
7. Mehnatga haq to‘lash fondining tarkibi nimalardan tashkil topadi?
8. O‘rtacha daromad va xodimlarning o‘rtacha ish haqiga qanday to‘lovlar
kiradi?
9. Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi qanday hujjatda yuritiladi?
10. Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha qanday boshlang‘ich hujjatlar
rasmiylashtiriladi?
11. Buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo‘limida ish haqini hisobga olish
bo‘yicha qanday hujjatlar va registrlardan foydalaniladi?
12. Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik
hisobi qaysi schyotda yuritiladi?
13. Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning analitik
hisobi qaysi hujjatlar yordamida amalga oshiriladi?
14. Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtiga zaxira qilinadigan summalarni hisobga
olish tartibi qanday?
15. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta ajratmalari o‘tkazish
tartibi qanday?
16. Ish haqiga nisbatan daromad solig‘i qanday tartibda hisoblanadi?
17. Kasallik varaqasi bo‘yicha vaqtinchalik ishga layoqatsiz xodimga haq
to‘lash tartibi qanday?
18. Xodimlarga mehnat ta’tillari bo‘yicha to‘landadigan ish haqi summasi
nimaga nisbatan hisoblanadi?
19. Deponentlashtirilgan ish haqiga buxgalteriya provodkasi bering.
20. Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga
oshirishda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?