«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
9.6. MAHSULOT SOTISHNI HISOBGA OLISH Korxona mablag‘ining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan
tugatiladi. Korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri
bu tovar mahsulotining sotilishi ko‘rsatkichidir. Hisobot oyida mahsulot
sotish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha sotilgan mahsulot turlarining
soni, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va sotishdan olingan moliyaviy
natijani aniqlash buxgalteriya hisobining muhim vazifasi hisoblanadi.
Respublika Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi sessiyasida
tasdiqlangan va 1998-yil 1-yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun
tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-
moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Davlat Soliq
Qo‘mitasining 1998-yil 4-yanvardagi «Korxona va tashkilotlarni soliqqa
tortish tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» xatiga binoan yuridik
shaxslar daromadidan olinadigan soliq hisoblash usuliga ko‘ra amalga
oshiriladi.
Bunga ko‘ra korxona va muassasalar jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan
ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini
to‘lash vaqti hamda haqiqatdan pul kelib tushishidan qat’i nazar
jo‘natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat budjetiga soliq
hisoblashlari va uni buxgalteriya hisobida o‘sha hisobot davrida aks
ettirishlari lozim.
Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob-kitob schyotiga kelib
tushgan sanadan sotildi deb hisoblanadi. Mahsulotni sotishdan olingan
daromadlar 9010-schyotda, tovarlarni sotishdan olingan daromadlar 9020-
schyotda, bajarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar
9030-schyotda hisobga olinadi.
Agar mahsulot (ish, xizmatlar) topshirish (jo‘natish) sotish amalga
oshirilgan bo‘lsa, unda 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar»dan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, uning
qoldig‘i buyurtmachiga topshirilgan lekin puli to‘lanmagan mahsulot,
ish va xizmatlarning jo‘natish qiymati, kredit bo‘yicha oborot hamda
hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani bildiradi.
11-jurnal orderning analitik ma’lumotlari bo‘yicha foyda summasiga
quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
D 9020 K
D 9110 K