Buxgalteriya hisobi


GRANTLAR VA SUBSIDIYALAR (KAPITAL)NING



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

10.4. GRANTLAR VA SUBSIDIYALAR (KAPITAL)NING
HAMDA KELGUSI XARAJATLAR, TO‘LOVLAR
ZAXIRASINING HISOBGA OLINISHI
Bozor munosabatlarining rivojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy
ta’minlashga mablag‘lar tarkibi va tuzilishida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga
olib keladi.
Grantlar davlat tomonidan xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar,
har xil nodavlat tashkilotlar tomonidan tekinga beriladi va korxona
faoliyatini moliyalashtirish manbayi sifatida ma’lum dastur va loyihalarni
bajarish uchun ajratiladi.
Korxonalarga davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu
iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan
shartlarni bajarganda davlat (hukumat) tomonidan pul va moddiy
ko‘rinishda tekinga berilgan yordamdir. Subsidiyalarning hisobini yuritish
tartibi 10 sonli BXMS «Davlat (hukumat) subsidiyalarini hisobga olish
va davlat (hukumat) yordamini tavsiflash» standartida keltirilgan.


172
Subsidiya va grantlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks
ettirish shartlari quyidagicha:
1. Belgilangan shartlarning bajarilishi natijasida qaytarib beril-
masligi.
2. Subsidiya va grantlarni jalb qilish yuzasidan sarflarni talab
qilmaydi, shuning uchun korxonaning daromadi hisoblanmaydi.
Grantlar va subsidiyalarning analitik hisobi har bir subsidiya va
grant bo‘yicha hamda ularning manbalari bo‘yicha yuritiladi. Bularni
quyida keltirib o‘tilgan muomalalardan ko‘rishimiz mumkin:
Schyotlar aloqasi
D
K
1
Ajratilgan grant va subsidiyalar yuzasidan mablag‘lar-
5000,
ning olinishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi
5100,
5200,
8810
1000,
0100,
0400
2
Grant va subsidiyalarni ajratilganligi haqida xabarnoma
8810
olindi
4890
9390
3
Grant hisobiga ustav kapitali summasi oshdi
8810
8310
8320
8330
4
Grant hisobidan xarajatlar qilindi
8810
6710
6520
6510
6010
6990
Kelgusida sarflar va to‘lovlarning zaxiralari ishlab chiqarish va
muomala xarajatlariga bir maromda ishchilarning ta’til vaqtini va asosiy
vositalarning joriy va kapital ta’miri xarajatlarini qo‘shish maqsadida
zaxiraga ajratilgan mablag‘lardir. Bu zaxira summalari passiv 8910
schyotida hisobga olinadi.
Zaxiralarning tashkil qilinishi va mablag‘larning foydalanishi vaqti-
vaqti bilan (yilning oxirida albatta) me’yor, hisoblar va boshqalarga
asosan tekshirib turiladi. Zarurat tug‘ilganda korrektura qilinadi.
Bularni biz quyidagi xo‘jalik muomalalarida ko‘rishimiz mumkin:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin