166
X BO‘LIM
FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALARNI
HISOBGA OLISH
10.1. KORXONANING FONDLARI VA ULARNI HISOBGA
OLISH VAZIFALARI
Bozor munosabatlarining rifojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy
ta’minlashga, mablag‘lar tarkibi va tuzilishida o‘zgarishlar sodir bo‘li-
shiga olib keladi. Bunday sharoitda korxona ishlab chiqarish xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zining mablag‘lariga ega bo‘lishi
lozim.
Bular esa xususiy kapital deb yuritiladi.
Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi korxonaning (subyekt) aktivi va
majburiyatlari o‘rtasidagi farqni aks ettiradi. O‘z
navbatida xususiy
kapital ikki guruhga bo‘linadi.
1. Qo‘yilgan (investitsiya) kapital.
2. Taqsimlanmagan foyda.
Xususiy kapital ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha
investitsiya va faoliyatning natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki
kamayishi mumkin. Xususiy kapital tarkibiga quyidagilar kiradi.
1. Ustav kapitali.
2. Qo‘shilgan kapital.
3. Zaxira kapitali.
4. Grantlar va subsidiyalar.
5. Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zaxirasi.
6. Taqsimlanmagan foyda.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital,
rezervlar va
taqsimlanmagan foyda bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari
quyidagilardan iborat:
– ustav kapitalining shakllanishi va
undan foydalanishni nazorat
qilish;
– korxona muassislari, kapitalning
shakllanish bosqichlari va
aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash;
– ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish
bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash;
– qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining
shakllanishi bilan
bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish;
167
– korxona sof foydasining shakllanishi
va uning taqsimlanishini
o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: