182
batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan,
moliyaviy
hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati oqimini taxmin
qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari
to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
– korxonaning nazorati ostida bo‘lgan
aktivlar haqida;
– korxonaning passivlari haqida;
– korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan
boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi
o‘zgarishlar haqida;
– pul mablag‘larining harakati haqida.
Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan
foydalanuvchilar uchun
korxonaning dividendlarni va foizlarni to‘lash, shuningdek, majburiyatlari
bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatini baholashda
foydali bo‘ladi.
Moliyaviy hisobotning
shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri
muomalalari tugagandan so‘ng ro‘y beradi va korxonadan professional
buxgalteriya bilimlari va ko‘nikmalaridan tashqari, qo‘shimcha
ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga
rioya qilishni
talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
Qonuniga muvofiq, yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat
bo‘lishi shart:
Dostları ilə paylaş: