190
Bu ko‘rsatkichlarni o‘rganish orqali korxona va firmalarning iqti-
sodiy nochorligini oydinlashtiruvchi savollarga javob beriladi, iqtisodiy
nochorlik belgilarining bor yoki yo‘qligi aniqlanib, zarur bo‘lsa, bank-
rotlik qarori qabul qilinadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda foyda-
laniladigan har bir koeffitsientning me’yorlashtirilgan chegaraviyligi
belgilangan ushbu chegaraviylikdan o‘zgarishlar asosida korxona
moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi.
Bugungi kunda foyda ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi
korxona faoliyatiga beriladigan baho mezonidir. Ammo korxona faoli-
yatiga baho berishda foyda ko‘rsatkichidan tashqari rentabellik
ko‘rsatkichidan ham keng foydalaniladi.
Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Ren-
tabellik ko‘rsatkichi foizlarda aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellikning ko‘pgina turlari mavjud
bo‘lib, quyida ularning eng asosiylariga e’tibor qaratiladi:
1. Mol-mulk rentabelligi:
Dostları ilə paylaş: